Tasviriy san'at. 7-sinf uchun test. 1-2-yarim yillik

  1. 26.08.2018 23:03
  2. 8555
  3. Testlar

                        Tasviriy san'at. 7-sinf uchun test. 1-yarim yillik

 

1. Nechanchi asrda jahon san’atida yangi oqim va yo’nalishlar paydo bo’la boshladi?

A)  XX asrdan    B)  XIX asr ortalaridan   S) XVIII asrdan  D) XIX asrdan

2. «Impression» so’zining ma'nosini toping.

A)  Taassurot  B)  Ko’rinish   S) Manzara   D) Ranglavha

3. «Quyosh chiqish oldidan” » asarini qaysi rassom yaratgan?

A)  Anri Sisley   B)  Pablo Pikasso   S) Kamill Pisarro D)  Klod Mone   

4. Impressionizm qaysi davlatda paydo bo’Igan?

A)  Amerikada   B)  Yevropada    S) Fransiyada  D) Germaniyada

5. Impressionizm iborasining muomalaga kirishiga qaysi rassomning qanday asari sabab bo’lgan edi?

A)  Klod Monening «Parijdagi opera ko'chasi» asari

B)  Klod   Monening «Quyosh chiqish oldidan» asari 

S) Anri Sisleyning «Sena sohilidagi qishloq» asari

D)  Rashid Temurovning “Bibixonimda bahor” asari

6. Puantilistik uslub ya'ni, «Puant» so’zining ma'nosini toping.

A)  Fransuzcha so’z bo’lib. taassurot ma'nosini bildiradi

B)   Fransuzcha so’z bo’lib, hayol ma’nosini bildiradi 

S) Fransuzcha so’z bo’lib manzara ma'nosini bildiradi

D) Fransuzcha so’z bo’lib. nuqta ma'nosini bildiradi

7. Kubizm uslub asoschisi kim?

A) Klod Mone               B) Pol Sezann     S) Pavel Benkov          D) Anri Sisley

8. Puantlizm asoschilari kimlar?

A)  Klod Mone, Kamill Pisarro,                   S) Jorj Syora, Pol Sinyak

B)  Lev Bure, O’rol Tansiqboyev                 D) Pol Sezann, Anri Sisley

9. Puantilizm uslubida ishlangan “Daraxt” kartinasi kim tomonidan ishlangan?

A)  Dilyus Mirsalimov                  S) Jorj Syora 

B)  O’rol Tansiqboyev                 D) Anvar Mirsoatov

10. Naqqoshlik san’atida romb qanday ma'noni anglatadi.

A) Mardlik               B) Baxt     S) Hayot ramzi          D) Ona yer

11. O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirining muallifi kim?

A)  Bahodir Jalolov     B) Telman Muhammedov    S)  Ro’zi Choriyev  D) Anvar Mamajonov   

12. Gerblarni tuzish, uning ma'nosini talqin etish, o’rganish bilan shug’ullanuvchi sohani toping.

A)  Geraldika (lotincha-heraldus)                        S) Reklama

B)  Totemistik («Totem-inglizcha»)                     D) Grafika 

13. Zardo’zlik o’zbek xalqining keng tarqalgan amaliy bezak san’at turi bo’lib, markazi qaysi shahar bo’lgan?

A)  Samarqand      B)  Buxoro         S) Marg’ilon   D) Toshkent

14. Bodomning ramziy ma'nosini toping. 

A) To’kinchilik, ezgulik ramzi                   S) Tinchlik ramzi     

B)  Osoyishtalik va umrboqiylik ramzi    D) Baxt-iqbol ramzi

15. Qalampir tasviri ramziy ma'nosini toping.

A)  Yomon ko’zdan asrash ramzi               S) To’kinchilik, ezgulik ramzi    

B)  Osoyishtalik va umrboqiylik ramzi       D)  Muhabbat ramzi

16. Bayon, ta'rif, tavsif, tasvir ma'nosini anglatadigan va namoyish etilayotgan buyum haqida to’liq ma'lumot beradigan atamani toping.

A)  Geraldika       B)  Ekspozitsiya        S) Stilizatsiya     D) Reklama

17. O’zbekiston tarixida 1-olimpiada chempioni bo’lib, zarcho’pon kiygan Andijonlik bokschi kim?

A)  Ruslan Chagayev     B)  Muhammadqodir Abdullayev        S) Artur Grigoryan  D) V. Menkov 

18. Zardo’zlik buyumlari qanday matolarga tikiladi?

A)  Yupqa, gulli matolarga tikiladi      B)  O’rtacha qalinlikdagi matolarga tikiladi .

S) Sifatli qalin matolarga tikiladi           D)  Yupqa materiallarga

19. So’zananing foni, ya'ni naqshlar tushiriladigan mato qanday rangda bo’lishi kerak?

A)  To’q rangda         B)  Och rangda           S) O’rtacha rangda  D) Oq rangda

20. So’zanalardagi naqsh elementlari ko’proq qanday shaklga bo’ysundiriladi?

A) Kvadrat    B) Uchburchak     S) To’rtburchak     D) Doira  

21. Naqqoshlik san’atida to’rt tomoni teng to’rtburchak kvadrat ___________________________

ma'nosini anglatadi.

22. Olma _____________ma’nosini anglatadi.

23. Bulbul____________ ma’nosini anglatadi.

24. Xalq amaliy bezak san'atida qo’llaniladigan oq rang ________________________________    ________________________________ma'nosini anglatadi.

25. Qizil rang ____________________________________________________ma'nosini anglatadi.

26. Sariq rang _______________________ma'nosini anglatadi.

27.  Anor____________________________________________________ma’nosini anglatadi.

28. Tasviriy san’at tarixida ilk paydo bo’lgan oqim____________________________                                                  

29. Oq kabutar__________________________ma’nosini anglatadi.

30.  Oygul ____________________________ma’nosini anglatadi.


                        Tasviriy san'at. 7-sinf uchun test. 1-yarim yillik. 

                                                      Test savollari javoblari

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

Javob B A D S B D B S A D D A B D A B B S A D

21. Abadiylik, yorug`lik

22.  Muhabbat           

23. Sadoqat

24. Musaffolik, tozalik, yorug’lik, baxt 

25. G’alaba, shodlik va xursandchilik

26.  Ayriliq                 

27. To’kinchilik, ezgulik

28. Impressionizm

29. Tinchlik

30. Baxt-iqbol




                              Tasviriy san'at. 7-sinf uchun test. 2-yarim yillik 

1. Eramizdan oldingi Vll-asrning oxiri Vl-asrning birinchi yarmida yaratilgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobining nomini toping

A)  Xamsa   B) Avesto     S) Temurnoma     D) Boburnoma

2.. Buyumlarning loyihalarini yaratuvchi mutaxassislarni qanday nom bilan ataydilar?

A)  Muhandis  B)  Memor     S) Dizayner   D) Naqqosh

3. Grafika so’zi qanday ma'noni anglatadi?

A)  Inglizcha so’z bolib, turli buyum, binolar interyeri, kiyim-bosh, texnik vositalarni badiiy loyihalashtirishni anglatadi

B)  Fransuzcha so’z bo’lib, zardo’zlikda qo’llaniladigan baxmalsimon qalin matoni anglatadi

S)   Bo’yoqlar bilan ishlash ma’nosini bildiradi.

D) Grekcha so’z bo’lib, «graphike»-«yozayapman», «chizayapman» ma'nosini anglatadi 

4. Nechanchi asrdan boshlab «Dizayn» iborasi muomalaga kiritilgan?

A)  XX asrning 20-30 yillaridan        S) O’rta asrdan boshlab

B)  Ibtidoiy jamoa tuzimidan boshlab     D) XIX asrdan

5. Grafika san'atining qanday turlari mavjud?

A)  Dastgoh grafikasi, kitob, gazeta-jurnal grafikasi, amaliy grafika, plakat

B)  Relyef, barelyef, gorelyef 

S) Ranglama, qoralama, chizgi    D) Amaliy grafika, rangtasvir, chizgi

6. «Dizayn» so’zi qanday so’zdan olingan?

A)  Fransuzcha   B)  Inglizcha     S) Lotincha   D) Forscha

7. «Dizayn» so’zining ma'nosini toping.

A)  Chizma, loyiha, rasm   B)  Manzara, loyiha, chizma    S) Model, rasm, loyiha  D) Eskiz, rasm, loyiha

8. Zamonaviy o’zbek kitob grafikasi san'ati nechanchi asrdan boshlab shakllana boshlagan?

A)  XX asrdan B) XIX asrning oxirlaridan S) XIX asrning boshlaridan   D) XX asr o’rtalaridan

9. Somoniylar maqbarasi qaysi shaharda joylashgan? 

A) Samarqandda  B) Qo’qonda   S) Buxoroda    D) Toshkentda 

10. Buxorodagi taniqli va mashhur minora qanday nomlanadi?

A)  Chashmai-Ayub   B)  Kesh    S) Peshtoq     D) Kalon

11. Samarqand markazidagi me'morlik majmua qanday ataladi?

A)  Registon    B)  Shohizinda    S) Afrosiyob     D) Go’ri Amir

12. O’zbek kitob grafikasi san'atining milliy an'analarini tiklash va rivojlantirishda o’z ijod yolini XX asrning 30-yillarida boshlagan O’zbekiston xalq rassomi, taniqli kitob naqqoshi kim?

A)  R.Choriyev B) O’. Tansiqboyev  S) Iskandar Ikromov   D) Chingiz Ahmarov

13. O’zbekiston kitob grafikasi san'atining rivojiga XX asrning 40-50 yillarida qaysi rassomlar munosib hissa qo’shdilar?

A)  Qutlug Basharov, Telman Muhammedov, Ivan Kiriakidi, Anatoliy Bobrov

B)  Usto Mo’min (Nikolayev), Vladimir Kaydarov, Chingiz Ahmarov, Mixail Reyx

S) Ro’zi Choriyev, O’.Tansiqboyev, B. Jalolov, J.Umarbekov

D) Telman Muhamedov, Vladimir Kaydalov, B. Jalolov, Ivan Kiriakidi 

14. Rassom Iskandar Ikromov nechanchi yilda va qayerda tavallud topgan?

A)  1904-yilda Toshkent shahrining Eski Juva mavzesida     B)  1906-yilda Toshkent shahrida 

S) 1900-yilda Margllon shahrida      D) 1902-yilda Qo’qonda

15. «O’zbek xalq ertaklari», «Afandi latifalari», G’ofur Gulomning «Shum bola», Mirmuhsinning «Me'mor» asarlariga illyustratsiya ishlagan rassom kim?

A)  Iskandar Ikromov   B) Anatoliy Bobrov    S) Telman Muhammedov   D) Chingiz Ahmarov

16. Samarqanddagi Registon ansamblining She'rdor madrasasi peshtoqida real tasvir aks ettirilgan. Nomlarini ayting.

A)  Islimiy va girih usulidagi naqshlar     B)  Suls uslubida bitilgan yozuvlar 

S) Islimiy naqshlar                                     D) Yo’lbars, quyosh, odam qiyofasi         

17. Rassom Rashid Temurovning yaratgan asarlarini toping

A)  «Bibixonimda bahor», «Samarqand»

B)  «Sharqona ko’lcha», «Chor minor masjidi»

S) «Samarqand», «Registon», «Buxorodagi choyxona» 

D0 “Samarqand”, “Sharqona ko’cha”, “Registon”

18. Kitob bezovchi rassom Anatoliy Bobrov nechanchi yilda va qayerda tug’ilgan?

A)  1948-yilda Sharqiy Qozog’iston viloyatining Rodionovka qishlog’ida tug’ilgan

B)  1934-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan

S) 1904-yilda Toshkent shahrining Eski Juva mavzesida   tavallud topgan.

D) 1905-yilda Samarqand shahrida tug’ilgan.

19. Bo’lajak buyumning ( binoning, kitobning) kichik o’lchamda ishlangan dastlabki namunasi

A)  Illyustratsiya   B) Maket    S) Forzats   D) Muqova

20. Biror bir matn yoki biror hodisani tushuntirish, to’ldirish uchun ishlangan tasvir

A)  Muqova       B) Frontispis    S) Forzats   D) Illyustratsiya

21. Asarning asosiy g’oyasini ochib beruvchi uning obrazi, yo’nalishini tasvirlovchi kitob elementi

____________________________deyiladi.

22. Kitobning nasabini bildiradigan badiiy-grafik element _________________________deyiladi.

23. Titul varag’ining chap tomonida joylashtirilgan kitobning mazmunini anglatuvchi tasvir

__________________________deyiladi.

24. Kitobning bobi, bolimining boshlanishida beriladigan alohida bet________________ deyiladi.

25. 1959-yilda A.Navoiyning «Lirika» siga ishlagan badiiy bezaklari uchun Germaniyaning Leypsig shahrida o’tkazilgan xalqaro kitob ko’rgazmasida Bronza medaliga sazovor bo’lgan O’zbekiston xalq rassomi, taniqli kitob naqqoshi __________________________

26. 12 ming xo’kiz terisidan bitilgan 21 kitobdan iborat va uning 5 kitobi saqlanib qolgan muqaddas kitob ____________________

27. Agar titul varag’idagi yozuvlar uning chap tomonidagi varag’iga ham joylashtirilsa bu bet _________________ deyiladi.

28. Kalon minorasining balandligi________metr 

29. Kitob bloki bilan muqovaning ichki tomoniga yelimlanadigan qog’oz________________________

30. Bir butunlikni, kompozitsion yaxlitlikni tashkil etuvchi tarkibiy mutanosiblik_________________



                        Tasviriy san'at. 7-sinf uchun test. 2-yarim yillik. 

                                                      Test savollari javoblari

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

Javob B S D A A B A B S D A S B A S D A A B D

21. Muqova

22.  Titul varag’i           

23. Frontispis

24. Shmutstitul

25. I. Ikromov

26.  Avesto                    

27.  Kontrtitul

28. 50 metr

29. Forzats

30. Ansambl