
“Amaliy fanlar oyligi - 2019" ochilishi
2019- yil 4-aprel kuni “Amaliy fanlar” oyligi ochilishi shahar miqyosida o’tkazildi. Bu tadbirga amaliy fanlar metodisti Ergasheva Gulchehraxon va shahar umumta’lim maktablari amaliy fan o’qituvchilari tashrif buyurdilar.
Muhtaram yurtboshimiz Sh. M.
Mirziyoyev tomonidan
yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, bo’sh vaqtlarini mazmunli
o’tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari,
kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish
bo’yicha belgilab bergan 5 ta
tashabbusdan
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning
boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo’yicha shahar miqyosida seminar tashkil
etildi.
Metodbirlashma
rahbari Saliyeva Raximaxon “O’zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh. M.
Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektr
yig’ilishida “Yoshlar bilan ishlashni
samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari,
kitob o’qishga qiziqishini oshirish” bo’yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus
mazmun-mohiyati” haqida gapirdi.
“Mohir qo’llar”, “Yosh duradgor”, “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolarining ishlaridan ko’rgazmalar tashkil qilindi. “Musiqa” to’garagi a’zolari ijrosida konsert dasturi namoyish qilindi. Saliyeva Raximaxon 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida “Sohibqiron Amir Temur “ portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovi o’tkazdi. Texnologiya fani o’qituvchisi Maqsudova Muqaddasxon 4-“G” sinfda “Kim bo’lsam ekan” tadbirini o’tkazdi.