
Amaliy fanlar oyligi yakuni
2018-yil 30-aprel kuni Andijon viloyati Andijon shahar 35-IDUM "Amaliy fanlar" oyligi yakuni o’tkazildi:
Bunda yana “Mohir qo’llar”, “Yosh duradgor”, “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolarining ishlaridan ko’rgazmalar tashkil qilindi. Saliyeva Raximaxon 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf“ portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovini o’tkazdi. Abdurashidov Doniyor “Musiqa” to’garagi a’zolari ijrosida konsert dasturini namoyish qildi. Ahmadbekova Malohatxon 7-sinf qizlari o’rtasida “Sharq taronalari” ko’rik-tanlovini o’tkazdi. Texnologiya fani o’qituvchisi Maqsudova Muqaddasxon 4-sinf iqtidorli o’quvchilari ishtirokida “Kasbim-faxrim” tadbirini o’tkazdi. Turg’unov Mannopjon va Daminova Turg’unoylar 7-sinflar o’rtasida “Oshga marhamat” va “Bahoriy salatlar” ko’rik-tanlovlarini o’tkazdilar.