Men Saliyeva Raximaxon 1967-yil 20-martda Andijon viloyati Andijon tumanida tug'ilganman. 1986-yili Andijon Davlat San'at bilim yurtini tamomlab, "Rassom bezatuvchi" mutaxassisligiga va 2005-yili Andijon Davlat Universitetini tamomlab, "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavr darajasiga ega bo'lganman. 1987-1990-yillarda Andijon tumani hokimligi "Madaniyat uyi" qoshidagi "Rassomchilik" ustaxonasida rassom bezatuvchi bo'lib faoliyat ko'rsatganman.
Ta’lim sohasidagi mehnat stajim 28 yil. Mazkur vazifada 1990 yildan buyon ishlab kelmoqdaman.
2010 yilda Xalq ta’limi vazirligining "O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi" (Guvohnoma №18052. Buyruq №1-M 07.09.2010 yil) nishoni bilan hamda Respublika ta’lim markazining faxriy yorlig‘i (28.09.2010). bilan taqdirlanganman.
Avval 1990-1997-o‘quv yillarida Andijon shahridagi 26-maxsus maktabida tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatganman. 1997 – 1998 – o‘quv yilidan Andijon shahridagi 35 – son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan (sobiq 2-gimnaziya, 35-ixtisoslashtirilgan) maktabida tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmokdaman.
Maktabda 5-7-sinflarda tasviriy san’at, 8-9-sinflarda chizmachilik fanlaridan dars beraman, 9-"B" sinfga namunali tarzda rahbarlik qilmokdaman. Maktab metodik kengash kotibasi, "Matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fanlari metodbirlashmasi" raisi, shahar tasviriy san’at va chizmachilik fani metodika uyushmasi raisiman. 2005 yildan buyon AVXTXQTUMO instituti bilan hamkorlikda ish olib borganman. 2014 yil aprel oyidan "Mahorat maktabi" va 2015 yil oktyabr oyidan boshlab, VXTB buyrug‘i asosida tashkil etilgan "Viloyat mahorat maktabi"da fanim bo‘yicha viloyat mahorat maktabi trener o‘qituvchisi faoliyatini, 2017 yil sentyabr oyidan fanim bo‘yicha "Metodist o‘qituvchilar maktabi"da metodist o‘qituvchi faoliyatini olib bormoqdaman.
"Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovlarida 2007 yilda viloyat bosqichida 2-o‘rinni, 2009 yilda Respublika bosqichida "Ijodkor o‘qituvchi" nominatsiyasini, 2016 yilda viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallaganman.
"Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2010" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida fanim bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat ko‘rsatganman.
2010 yilda noan’anaviy tarzda yozilgan dars ishlanmalarim, test materiallarim jamlangan uslubiy qo‘llanmalarim Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
2014, 2015, 2016, 2017 yillarda "Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb- saytlar" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlarida "Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti" nominatsiyasi bo‘yicha 10 ta laureat ichidan o‘rin olib, respublika bosqichiga yo‘llanma olganman (www.oltinalam.zn.uz). Hozirgi kunda veb-saytim nomlanishi www.chizma.35dim.uz
2016 yilda "Eng yaxshi dars ishlanmasi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni, Respublika bosqichida 8-o‘rinni egallaganman. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan "Sizga tashakkur" ko‘rik-tanlovining "Ijodkor o‘qituvchi" yo‘nalishi bo‘yicha III darajali diplom bilan taqdirlanganman. 2014 yil va 2016 yilda "O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi" Andijon shahar kengashi tomonidan o‘tkazilgan "O‘z kasbining mohir egalari"ni taqdirlash tadbirida II darajali diplomlar bilan taqdirlanganman. 2016 yilda "Eng yaxshi dars ishlanmasi - 2016", "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi - 2016" ko‘rik-tanlovlar ishtirokidagi faoliyatim viloyat miqyosida ommalashtirildi.
2010 yil 6-10.IX; 13-15.XI; 2011 yil 22-29.III kunlarida Xalq Ta’limi Vazirligining tavsiyasiga asosan, yangi 4-5-sinflar tasviriy san’at fani darsliklarini ekspertizadan o‘tkazishda ekspertlar guruhida faol ishtirok etganman.
2008 yildan buyon ADU TSMG yo‘nalishi bitiruvchilarining diplomoldi bitiruv amaliyot ishi taqdimotida attestatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lib ishtirok etib kelaman.
2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2-Andijon saylov okrugi bo‘yicha Andijon shahridagi 71-saylov uchastkasida kuzatuvchi faoliyatini olib borganman. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi a’zosi sifatida belgilangan kunlardagi shahar va viloyat miqyosidagi yig'ilishlarda faol ishtirok etib kelaman.
Oilaliman, 4 nafar farzandim va 3 nafar nabiralarim bor.
Chizmachilik fan olimpiadasida o'quvchilarim 2002-2003 o'quv yilidan buyon shahar miqyosida faxrli o'rinlarnlarni egallab, viloyat miqyosida faol ishtirok etishadi hamda faxrli o'rinlarni egallab keladi:
2003-2004- o`quv yili. 11-“B” sinf o’quvchisi Miryusupov N. 1-o`rin.
2004-2005- o`quv yili. 11-“A” sinf o’quvchisi Xoshimov Sh. 1-o`rin.
2005-2006- o`quv yili. 10-“A” sinf o’quvchisi Mamajonov K. 1-o`rin.
2006-2007-
o`quv yili. 11-“A” sinf o’quvchisi Mamajonov K. 1-o`rin.
2007-2008- o`quv yili. 11-“A” sinf o’quvchis
Xoldarov K. 1-o`rin.
2008-2009- o`quv yili. 9-“B” sinf o’quvchisi
O`rinboеva G. 1-o`rin.
(viloyat bosqichi)
2009-2010- o`quv yili. 9-“D” sinf o’quvchisi
Bo`ronov X. 1-o`rin.
2010-2011- o`quv yili. 9-“V” sinf o’quvchisi
Nishonov A. 1-o`rin.
2011-2012- o`quv yili. 9-“D” sinf o’quvchisi
Artiqova G. 1-o`rin. (viloyat bosqichi)
2012-2013- o`quv yili. 9-“B” sinf o’quvchisi
Odilbekova M. 1-o`rin.(viloyat bosqichi)
2012-2013-o`quv yili.9-“D” sinf o’quvchisi
Shavkatbеkova R. 2-o`rin.
2013-2014 o`quv yili 9-“B” sinf o’quvchisi
Abdurasulova E’. 1-o`rin.
2014-2015 o`quv yili 9-“A” sinf o’quvchisi
Nabijonova M. 1-o`rin.
2014-2015 o`quv yili 9-“B” sinf o’quvchisi
Karimova M. 2-o`rin.
2015-2016 o’quv yili 9-“B” sinf o’quvchisi
Soliyev Usmonjon 1-o’rin (viloyat bosqichida)
2016-2017 o’quv yili 9-“G” sinf o’quvchisi Ashurova Madinabonu 1-o’rin.
2017-2018 o’quv yili 9-“G” sinf o’quvchisi Kimsanboyev Abdulhamid 5-o’rin (viloyat bosqichida)
Ko’rik-tanlovlar
Tasviriy san’at fani bo’yicha
o’tkazilayotgan turli xil ko’rik-tanlovlarda ham o’quvchilarim shahar, viloyat
bosqichlarida faxrli o’rinlarni egallab kеlmoqdalar. Jumladan:
-11.11.2014.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” badiiy va ijodiy ishlar tanlovining
“Tasviriy san’at” yo’nalishida maktab bosqichida 5-9-sinf iste’dodli o’quvchilari o’rtasida 8 -“A”sinf o’quvchisi Ataxanov Azizbek maktab bosqichida g’olib bo’lib, shahar bosqichida faxrli 3-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.
- 24.11.2014. 8-“A” sinf o’quvchisi Adhamjonov Azizbek “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori”
mavzusida o’tkazilgan rasmlar tanlovining
shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichida faol
ishtirok etdi.
-6.12.2014. 8-“A” sinf o’quvchisi Adhamjonov Azizbek “Odam savdosiga qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan rasmlar tanlovining shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichida faxrli 2 o’rinni egalladi.
28.05.2014.
Andijon viloyat o’lkashunoslik muzeyida o’tkazilgan “Bolalar nigohida vatan timsoli” yosh rassomlar musobaqasida 7-“A”
sinf o’quvchim
Adhamjonov Azizbek faxrli 2-o’rinni egalladi.
18.11. 2015. Viloyat miqyosida
ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o’rtasida “O’zbekiston
bayrog’i” tashkil topganligi munosabati bilan turli yo’nalishlar bo’yicha
o’quvchilar o’rtasida ko’rik-tanlovlar bo’lib o’tdi. 7-“A” sinf o’quvchisi
Hamroqulova Mubina “Bayrog’imiz-faxrimiz” plakatga rasm chizish tanlovida
faxrli 2-o’rinni egalladi.
24.11.2015. Viloyat miqyosida O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan plakatga rasm
chizish tanlovi o’tkazildi. 35-DIM 7-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina
faxrli 2-o’rinni egalladi.
30.11. 2016. 7-“A” sinf o’quvchisi
Hamroqulova Mubina “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan
rasmlar tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni egallab, respublika
bosqichiga yo’llanma oldi.
4.02.2017. 7-«A» sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy «Zahiriddin Muhammad Bobur bosib o’tgan yo’llar» ni aks etgan xarita chizish ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida 7-sinflar o’rtasida faxrli 1-o’rinni egalladi.
6.12.2017. 9-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina 9 - 10 – sinflar o`rtasida shahar, viloyat bosqichi “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” tasviriy san’at yo’nalishi ko’rik-tanlovida faxrli 1-o’rinlarni egallab, Respublika bosqichida 4-o'rin “Idrokli mo’yqalam sohibi” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.
12.12.2017. 9-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina 9- 10 – sinflar o`rtasida VILOYAT bosqichi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovida faxrli 1-o’rinni egallab, RESPUBLIKA bosqichiga yo’llanma oldi. Hamraqulova M. ning respublika bosqichiga jo’natilgan rasmi O’zbekiston-24 kanalida namoyish qilindi.
Chop etilgan materiallarim:
1.Chizmachilikdan testlar. 8-sinf uchun.ADU o’quv-uslubiy hay’ati 2005.08.27 №1 bayonnoma
2.Tasviriy san’atdan testlar. 5-7-sinflar uchun.AVPKQTMOI ilmiy kengashi 2007.02.24. 01/4 sonli qaror
3.Chizmachilikdan testlar. 9-sinf uchun.AVPKQTMOI ilmiy kengashi 2009.03.30. 03/02 sonli qaror
4.Chizmachilik fanidan tadbir ishlanmasi va 8-sinf uchun dars ishlanmalari.ASHXTB 2010.08
Tasviriy san’at va chizmachilik. Respublika Ta’lim Markazi “Tasviriy san’at va chizmachilik“ ilmiy-metodik kengashi. 2010.09.24.№4
– “Xalq ta’limi” jurnalining 2010-yil 4-sonida “Tasviriy san’at turlari” tadbiri ishlanmasi;
– ”Ta’lim texnologiyalari” jurnalining 2012-yil 1-2 sonida “Tasviriy san’at darslarida “Natyurmort” mavzusini o’tishda “Ustoz-shogird” maktabi tajribasidan” maqolasi;
– ”Ta’lim menejmenti” jurnalining 2013-yil 3-sonida “Umumta’lim maktablarda metodbirlashmalar faoliyati” tavsiyasi;
– “Kasbiy fanlar“ jurnalining 2013-yil sentabr sonida 5-sinf uchun 1 soatlik dars ishlanmasi;
– “Kasbiy fanlar“ jurnalining 2014-yil aprel sonida 7-sinf uchun 1 soatlik dars ishlanmasi;
– “Andijon yoshlari” gazеtasining 2004 – yil aprеl 6-sonida dolzarb mavzu bo’lgan «Tasviriy san’atga e’tibor» maqolasi;
– “Ziyo” gazetasining 2010-yil oktabr 5-sonida chizmachilik fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi;
– “Ziyo” gazetasining 2011-yil aprel 17-18-sonida “Ustoz-shogird” “Hamkorlik-izlanishga undamoqda” maqolasi;
-“Andijonnoma” gazetasining 2014-yil 26-aprel №34-sonida “Aprel oyi fan oyligi uyushqoqlik bilan o’tmoqda”maqolasi;
– “Ziyo” gazetasining 2015-yil fevral 3-sonida muxbir S. Rahmonovaning “Dars-ijod mahsuli bo’lsin” maqolasida R. Saliyevaning ish faoliyati;
– “Ziyo” gazetasining 2015-yil mart 5-sonida “Ranftasvir yoki grafik usulda portret ishlash” mavzusida 5-sinf uchun tasviriy san’at fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi chop etildi.
-2016-yil oktabr oyida NXTXQTMOIga jo’natilgan AVXTQTMOI tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi S. Tojiboyev bilan «Umumta’lim maktablarda tasviriy san’at fanining dolzarb muammolari va innovatsion pedagogik loyihalari» mavzisida yozgan maqolamiz tasdiqlandi va to’plam holida chop etildi. AVXTQTMOI ilmiy kengashida ham tasdiqlanib, institut o’zida to’plam holida chop etildi.
-27.02.2017. AVPXQTMOI da “Amaliy fanlarni o’qitishning nazariy, pedagogik va psixologik muammolari” mavzusidagi hududiy ilmiy-amaliy anjumanida o’zimning yozgan maqolam bilan qatnashdim va taqdimot qildim
– 2017 aprel. O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi
Vazirligi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan “Xalq ta’limi
tizimidagi “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va
metodologik asoslari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari
to’plamida 2-sho’ba “Mahorat maktablarida” da o’qituvchilarning uzluksiz kasbiy
mahoratlarini oshirishning ilmiy-nazariy va metodologik masalalari
bo’yicha “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishda o’qituvchilarning
vazifalari mavzusida maqolam chop etildi.
-2017 йил июль ойида “Амалий фанларни ўқитиш ва ўқув-тарбия жараёнининг сифат ва самарадорлиги: муаммолар ва ечимлар” мавзусидаги республика амалий фанлар ўқитувчилари форуми материаллари тўпламида “Тасвирий санъат ва чизмачилик фанининг долзарб масалалари” мавзусида мақолам чоп этилди ва бу форумда 4-5.07.2017. кунлари қатнашиб келдим.