CHIZMACHILIK FANIDAN O‘QUV DASTUR (8-9-sinflar)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
CHIZMACHILIK FANIDAN O‘QUV DASTURI
(8-9-sinflar)
TOSHKENT – 2017
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning chizmachilik fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.
Uqtirish xati
Ushbu o‘quv dasturi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini Davlat ta’lim standarti asosida o‘qitishning mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini yoritib beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini amaliy faoliyatda ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
chizmalar chizish va chizmani o‘qish qoidalariga amal qilish, grafik tafakkurini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish;
texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni, sodda elektron dasturlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
texnika va texnologiyalarning takomillashib borishini hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
integratsiya orqali grafik bilimlar samaradorligini oshirish;
chizmachilik ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalari elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
og‘zaki va yozma nutqda adabiy til normalariga rioya qilish va xorijiy tillarning birida erkin suhbatlasha olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qilish hamda o‘z g‘oyasini himoya qilish va unga ishontirish; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini tuta olish, muammolarni hal etishda zarur qarorlarni qabul qilish.
A2
ona tili va xorijiy tillardan birida muloqotga kirishish; mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildirish va zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali ma’lumot almashish) foydalanish; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlashda media savodxonligini shakllantirish; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olish).
A2
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish; EXCELda ma’lumotlar bazasini yaratish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma yozish, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma).
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; o‘qib-o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llay olish, o‘zining qobiliyatlarini namoyon qila olish (bilimlar bellashuvi, turli ko‘rik-tanlovlarlarda ishtirok etish); sport bilan muntazam shug‘ullanish; maktabda, mahallada, jamoat joylarida katta va kichiklarga to‘g‘ri va do‘stona munosabatda bo‘lish, zarur hollarda yordam berish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish; o‘z xatti- harakatlarini nazorat qilish; do‘stona tanqiddan xulosa chiqarish; shaxsiy gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga muntazam rioya qilish.
A2
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda masuliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish; konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana olish; jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish; o‘zining qiziqishlariga qarab qobiliyatlarini namoyon qila olish, fan olimpiadalarida, turli musobaqalar, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish; halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
asosiy tamoyilar, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik tushunchalarini bilish; O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar va mafkuraviy jarayonlarni bilish; mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish; jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish
A2
sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish; jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, o‘z munosabatini bildirish; Vatan oldidagi mas’uliyatni his qilish; kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish; mehnat hamda fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatiga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlarini xurmat qilish; milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash tushunchalarini anglash; milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy tamoyillarini va vazifalarini bilish; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ajrata bilish.
A2
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy tamoyillarini va vazifalarini bilish; umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar) bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
kundalik faoliyatida turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalardan foydalana olish; aniq-hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, iktisodiy rejalarini tuza olish; o‘z faoliyatini rejalashtira olish, tahlil qila olish, o‘z-o‘zini baholay olish, inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
A2
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish, taraqqiyotni isloh qilishning besh tamoyili va yetti ustuvor yo‘nalishini sharhlay olish; mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera olish, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish; kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi.
2. FK2- Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi.
8-SINF
(34 soat haftasiga 1 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiyasi: mavzudan kelib chiqib to‘g‘ri javob bera oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirib, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Mehnat qonunchiligida o‘z haq huquqlarini biladi, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘la oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarini tuza oladi.
1-mavzu: Chizmachilik kursiga kirish. (1soat)
2- mavzu: Chizmalarni taxt qilish, standartlar, formatlar, masshtab. (1 st)
3-mavzu: Chiziq turlari. O‘lcham qo‘yish qoidalari. (1 soat)
4-mavzu: Chizma shriftlari va ularning o‘lchamlari. (1 soat)
5-mavzu: Bosh va yozma harflar hamda raqamlarning yozilishi. (1 soat)
6-mavzu: Geometrik yasashlar. Turli xil chiziqlar chizish. (1soat)
7-mavzu: Burchak yasash va ularni teng bo‘laklarga bo‘lish, muntazam ko‘p burchaklar yasash. (1soat)
Nazorat ishi (1soat)
8-mavzu: Geometrik naqsh-girix chizish. (1soat)
9-mavzu: Tutashmalar, to‘g‘ri, o‘tmas va o‘tkir burchak tomonlarini tutashtirish. (1 soat)
10-mavzu: Aylana va to‘g‘ri chiziqlarni tutashtirish. Ikki aylanani uchinchi aylana yordamida tutashtirish. (1soat)
11-mavzu: Proyeksiyalash, markaziy va parallel proyeksiyalash. (1soat)
12-mavzu: Oktant va epyur haqida umumiy tushuncha. (1 soat)
13-mavzu: To‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari. (1 soat)
14-mavzu: Tekis shaklning proyeksiyalari. (1soat)
15-mavzu: Modelni 1 ta, o‘zaro perpendikulyar 2 ta proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash va tekis chizma (epyur) hosil qilish. (1 soat)
Nazorat ishi (1soat)
16-mavzu: Geometrik jismlar va ularning proyeksiyalarini yasash. (1soat)
17-mavzu: Ko‘pyoqliklarning yoyilmalari. (1soat)
18-mavzu: Silindr, konus, shar va piramidalarning proyeksiyalari. (1 soat)
19-mavzu: Aylanish sirtlarining shaklining yoyilmalari. (1 soat)
20-mavzu: Ko‘rinishlar. Bosh, asosiy va mahalliy ko‘rinishlar. (1soat)
21-mavzu: Texnik modelni konstruksiyalash va uning ko‘rinishlarini yasash. Modelni asliga qarab uning ko‘rinishlarini chizish. (1soat)
22-mavzu: Oddiy modelning chizmasini tahlil qilish, geometrik jismlarga ajratish. (1 soat)
23-mavzu: Chizmalarni o‘qish tartibi va qoidalari. Chizmani o‘qish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot. (1 soat)
Nazorat ishi (1soat)
24-mavzu: Aksonometrik proyeksiyalar. (1 soat)
25-mavzu: Tekis shakllarning frontal ko‘rinishi. Tekis shakllarni izometriyada yasash. (1 soat)
26-mavzu: Detalning frontal dimetrik proyeksiyasi. (1soat)
27-mavzu: Detalning izometrik proyeksiyasi. (1soat)
28-mavzu: Aksonometrik proyeksiyalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulot. (1 soat)
29-mavzu: Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O‘quv modelining eskizini chizish. (1 soat)
30-mavzu: Texnik rasm chizish. (1 soat)
Nazorat ishi (1soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi:
Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proyeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini bir-biridan ajrata oladi, yaqqol tasvirlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasmlarni chiza oladi.
Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni bajarish, proeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proyeksiyalarni yasash hamda detalning eskizi va texnik rasm bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - 30 soat
Nazorat ishlari uchun - 4 soat
Jami - 34 soat
9-SINF
(34 soat haftasiga 1 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiyasi: ijtimoiy moslashasha oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiya: hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib bora oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Mehnat qonunchiligida o‘z xaq-huquqlarini bila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish. Ihteraktiv tarzda bilim olish.
1-mavzu: Sakkizinchi sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish. (1 soat)
2-mavzu: Kesimlar (1 soat)
3-mavzu: Kesim turlari (1soat)
4- mavzu: Kesimda shartlilik va soddalashtirishlar. (1 soat)
5-mavzu: Qirqimlar. (1soat)
6-mavzu: Oddiy qirqimlar,ularning chizmalarda belgilanishi va joylashishi. (1soat)
7-mavzu: Murakkab qirqimlar, og‘ma va mahalliy qirqimlar, uning turlari (1 soat)
8-mavzu: Ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirish (1soat)
Nazorat ishi (1soat)
9-mavzu: Ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlash (1 soat)
10-mavzu: Aksonometrik proyeksiyalarda izometriyada qirqim bajarish (1 soat)
11-mavzu: Frontal dimetriyada qirqim bajarish (1 soat)
12-mavzu: Kesim va qirqim talab qiladigan detallarning eskizini bajarish (1soat)
13-mavzu: Eskiz chizish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va texnik rasm chizish. (1soat)
14-mavzu: Chizmalarda shartlilik va soddalashtirish. (1soat)
15-mavzu: Detalning shaklini konstruktiv o‘zgartirishga oid loyihalar (1 soat)
Nazorat ishi (1soat)
16-17- mavzu: Detalning fazoviy holatini o‘zgartirish. (2 soat)
18-mavzu: Loyihalashga doir grafik masalalar. (1 soat)
19-mavzu: Mashinasozlik chizmalari. (1 soat)
20-mavzu: Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. (1soat)
21-mavzu: Rezbalar va ularning turlari. (1soat)
22-mavzu: Shpilkali birikmani chizish. (1soat)
23-mavzu: Oddiy yig‘ish chizmalarini o‘qish. (1soat)
24-mavzu: Konstruksiyalashga doir masalalar(1soat)
Nazorat ishi (1soat)
25-mavzu: Kompyuterda to‘g‘ri chiziq va tekis shakllarni yasash. (1 soat)
26-mavzu: Kompyuterda burchak yasash va ularni teng bo‘laklarga bo‘lish, muntazam ko‘p burchaklar yasash. (1soat)
27-mavzu: Kompyuterda buyumlarni konstruksiyalash (1 soat)
28-mavzu: Qurilish chizmalari (1 soat)
29-mavzu:Qurilish chizmalarini o‘qish. (1 soat)
30-mavzu: Bosh plan chizish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot (1 soat)
Nazorat ishi (1soat)
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
og‘zaki va yozma nutqda adabiy til normalariga rioya qila oladi va xorijiy tillarning birida erkin suhbatlasha oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob bera oladi; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qiladi hamda o‘z g‘oyasini himoya qiladi va unga ishontira oladi; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini tuta oladi, muammolarni hal etishda zarur qarorlarni qabul qila oladi.
A2
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob bera oladi; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi, suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontira oladi; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara oladi, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildira oladi. Tasviriy san’at faniga oid atamalarni xorijiy tillarda ifodalay oladi, o‘z do‘stlari bilan texnika tilida muloqotga kirisha oladi; zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali ma’lumot almashish) foydala oladi; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralash, qayta ishlashda media savodxonligini shakllantira oladi; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi.
A2
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana oladi; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qila oladi. EXCELda ma’lumotlar bazasini yoza oladi, asosiylarini tanlay oladi va ularni tahlil qila oladi; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi tavsifnoma yozish, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yarata oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
bilimini mustaqil ravishda oshirib boradi, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qila oladi; o‘qib-o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llay oladi, o‘zining qobiliyatlarini namoyon qila oladi (bilimlar bellashuvi, turli ko‘rik-tanlovlarlarda ishtirok etadi); sport bilan muntazam shug‘ullanadi; maktabda, mahallada, jamoat joylarida katta va kichiklarga to‘g‘ri va do‘stona munosabatda bo‘la oladi, zarur hollarda yordam bera oladi; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘la oladi; o‘z xatti- harakatlarini nazorat qila oladi; do‘stona tanqiddan xulosa chiqara oladi; shaxsiy gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga muntazam rioya qila oladi.
A2
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantira oladi; guruhlarda ishlashda mas’uliyatni o‘ziga oladi, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi; jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi; o‘zining qiziqishlariga qarab qobiliyatlarini namoyon qila oladi, ongli kasb tanlash, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega, lider bo‘la oladi, konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
asosiy tamoyilar, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik tushunchalarini biladi; O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar va mafkuraviy jarayonlarni biladi; mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatga ega; jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qila oladi.
A2
sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini biladi; jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaydi; Vatan oldidagi mas’uliyatni his qila oladi, kasblarning mohiyatini tushunib va ongli ravishda tanlay oladi; mehnat hamda fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatiga rioya qila oladi; jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaydi, o‘z munosabatini bildira oladi; inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlarini xurmat qila oladi; milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash tushunchalarini anglay oladi; milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy tamoyillarini va vazifalarini biladi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ajrata oladi.
A2
xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganadi, avaylab asraydi, an’ana va marosimlarini hurmat qila oladi; umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar) biladi va unga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladi; milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy tamoyillarini va vazifalarini biladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
kundalik faoliyatida turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalardan foydalana oladi; aniq-hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, iktisodiy rejalarini tuza olish; o‘z faoliyatini rejalashtira oladi, tahlil qila olish, o‘z-o‘zini baholay olish, inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor hamda foydalana oladi.
A2
mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera oladi, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bila oladi; kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qib foydalana oladi; inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor hamda foydalana oladi, taraqqiyotni isloh qilishning besh tamoyili va yetti ustuvor yo‘nalishini sharhlay oladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi:
Kesim, qirqim, shartlilik va soddalashtirish, loyihalash elementlari, boltli va shpilkali birikmalar, oddiy yig‘ish chizmalarini tuzadi va o‘qiy oladi, sodda buyumlarni konstruksiyalash, kinematik-radio va elektrik sxemalarni, qurilish chizmalarini chiza oladi, ular haqidagi fikrlarni og‘zaki va yozma bayon eta oladi.
Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
Kesim va qirqim chizmalarni to‘g‘ri tasvirlay oladi, tarkibida loyihalash elementlari bo‘lgan chizmalarni bajara oladi, boltli va shpilkali birikmalarni chiza oladi, oddiy yig‘ish chizmalari hamda sodda buyumlarning konstruksiyalarini chizishda, sxemalarni, qurilish chizmalarini bajarishda ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - 30 soat
Nazorat ishlari uchun - 4 soat
Jami - 34 soat
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi ”Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
390-sonli qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay'at majlisi qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1875-sonli qarori.
7. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo‘yicha davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.
Umumiy o‘rta ta’limning Chizmachilik fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhi
T/r |
Ismi va familiyasi |
Ish joyi va lavozimi |
1 |
A.Asherbaev |
Nizomiy nomidagi TDPUda Chizmachilik va uni
o‘qitish metodikasi kafedrasi guruh rahbari |
2 |
I.Rahmonov |
Nizomiy nomidagi TDPU professori |
3 |
A. Valiyev |
Nizomiy nomidagi TDPUda Chizmachilik va uni
o‘qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi |
4 |
M.Xalimov |
Nizomiy nomidagi TDPUda Chizmachilik va uni
o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri |
5 |
D.Irgasheva |
Toshkent shahar 1-sonli pedagogika
kolleji chizmachilik fani o‘qituvchisi |
|
Ekspert guruhi |
|
1 |
M.Tolipova |
Respublika ta’lim markazi “Musiqa, san’at,
texnologiya, jismoniy komolot va salomatlik” bo‘limi bosh metodisti |
2 |
D.Sirojiddinova |
Toshkent shahar Olmazor tumani 249-sonli
umumta’lim maktabi chizmachilik fani o‘qituvchisi |
3 |
A.Bo‘ribeko‘v |
Toshkent viloyati Qibray tumani 4-sonli
umumta’lim maktabi chizmachilik va tasviriy san’at fani o‘qituvchisi |