O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

ANDIJON VILOYATI

ANDIJON SHAHRIDAGI  

35-SON AYRIM FANLAR CHUQUR O’RGANILADIGAN  DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING

TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANI O’QITUVCHISI

SALIYEVA RAXIMAXON TASHPULATOVNANING

2018-2019 O’QUV YILIDA

OLIB BORGAN ISHLARI

HISOBOTI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andilon shahar – 2019

Andijon viloyati Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi

 Saliyeva Raximaxon Tashpulatovnaning

2018-2019 o’quv yili bo’yicha qilingan ishlari

H  I  S  O  B  O  T  I

            Men Saliyeva Raximaxon 2018-2019 o’quv yilida “Amaliy fanlar” metodbirlashma raisi, maktab metodik kengash kotibasi, Andijon shahar umumta’lim maktablari tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari uyushmasi raisligini hamda 10-“B” sinf rahbarligini olib bordim. 

            2018-2019 o’quv yilini “Innovatsion texnologiyalarni qo’llagan holda, nazariy mashg’ulotlarni o’quv amaliyoti bilan uzviy bog’liqligini ta’minlash” shiori ostida ko’tarinki ruh bilan ish boshladim. Dars soatlarimni namunali tarzda o’quv reja asosida dars ishlanmalarim tasdilangan holda o’tdim. Bo’sh o’zlashtiruvchi va iqtidorli o’quvchilar bilan ishladim. O’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishi 90% ni tashkil etdi. Ochiq darslarimni namunali tarzda o’tkazdim. To’garak faoliyatimni namunali olib bordim. Tasviriy san’at yo’nalishida ko’rik-tanlovlarni maktab bosqichida o’z vaqtida o’tkazib, o’quvchilarim shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichlarida faol ishtirok etdilar va yutuqlarga erishdilar. Dars jarayonlarni kuzatib tahlil qilib bordim. Shahar miqyosidagi sho’ba yig’ilisharda, ochiq darslarda  faol ishtirok etdim. O’z ustimda ishladim. Metodbirlashma yig’ilishlarini o’z vaqtida o’tkazdim.

2018-2019 o’quv yili davomida o’quvchilarim yutuqlari

Chizmachilik fan olimpiadasi:

   Shahar chizmachilik fani olimpiadasida 9-“A” sinf o’quvchisi Raufbekova Zulayho 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi. (27.03.2019).    

Ko’rik-tanlovlar:

1. “Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika ko’rik-tanlovining shahar bosqichida (9.10.2018) tasviriy san’at yo’nalishida 9-“V” sinf o’quvchisi Hoshimjonova Hadichabonu faxrli 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida (12.10.2018) faol ishtirok etdi.

 

2.“Biz jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi birlashamiz!” ko’rik-tanlovining shahar bosqichida 35-DIM jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdilar. Bu ko’rik-tanlovda 8-“Ye” sinf o’quvchisi Xodjayeva Begoyim devoriy gazeta tayyorlashda shahar bosqichida (31.10.2018) 1-o'rinni egallab, viloyat bosqichida (3.11.2018) yuqori ball 45 ball to’pladi.  (Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi)                                           

3. Zulfiya tanlovinining madaniyat yo’nalishida tasviriy san’at bo’yicha shahar bosqichida (6.11.2018) 10-“A” sinf o’quvchisi Hamraqulova Mubina ishtirok etib, viloyat bosqichiga yo’llanma oldi va viloyat  bosqichida(21.11.2018) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. (Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi)                                     

 

 

4. “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” Respublika ko’rik-tanlovining shahar bosqichida tasviriy san’at yo’nalishida 10-“A” sinf o’quvchisi Hamraqulova Mubina 8-11-sinflar o’rtasida 1-o’rinni, 7-“A” sinf o’quvchisi Begmatov Foziljon 5-7-sinflar o’rtasida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar. (10.11.2018) 

 

5. 27.11.2018. “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” Respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida tasviriy san’at yo’nalishida 10-“A” sinf o’quvchisi Hamraqulova Mubina 8-11-sinflar o’rtasida 2-o’rinni egallab, diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi (Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi) 

        2019-yil 1-may kuni Viloyat Yoshlar Ittifoqi kengashi tashabbusi bilan “Ozbekistonda sud va yoshlar jinoyatchilikka qarshi kurashadi!” shiori ostida ko’rgazmali tadbir o’tkazildi. Ishtirokchi o’quvchilar taqdirlandilar. Rassom o’quvchilarimiz 6-“A” sinf o’quvchisi Alimova Mohinur va 7-“G” sinf o’quvchisi Karimova Nigora esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.   

 

        2019-yil 16-may kuni O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Andijon shahridagi Barkamol avlod  bolalar markazida bo'lib, iqtidorli o'quvchilarning ishlari bilan tanishdi.

Bizning 35-DIM “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolari Nabiyev Hasanboy, Xodjayeva Begoyim, Nizomova Zaynabxonlar ham ushbu markazda o’zlarining ijodiy ishlari bilan Sherzod Shermatovni tanishtirdilar.

 

35-DIM  5-“D” sinf o’quvchisi Qobiljonova Dilbar “1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlab “Mening huquqim –mening bolaligim” shiori ostida viloyat miqyosida o’tkazilgan asfaltga rasm chizish yo’nalishida faxrli 1-o’rinni egalladi.

 

Metodik ishlarim:

- 2018-yil 14-avgust kuni “Ana’naviy avgust kengashi”ning viloyat  sho’basida  shahar (tuman) umumta’lim maktablari tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilariga trenerlik qildim va erishgan yutuqlarim va samarali mehnatlarim uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i A. Nazarovning FAXRIY YORLIG’I bilan taqdirlandim.

- 27. 09.2018. Shahar miqyosida tasviriy san’at fanidan 7-“B” sinfda ochiq dars o’tkazdim (Telegrammning “Xalq ta’limi xodimlari” kanalida yoritildi).

 

 

 

- 19.10.2018.  Viloyat miqyosida “Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish” mavzusida seminar o’tkazildi. Bunda men 5-“Ye” sinfda tasviriy san’at fanidan 1 soatlik ochiq dars o’tkazdim. O’quvchilarimning ijodiy ko’rgazmalarini va o’zimning metodik va ijodiy ko’rgazmalarini namoyish qildim.

 (Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi)                                          

- “Ziyo” gazetasining 2018-yil 1-oktabr №19-20 sonida “Tasvirlarda hayot mujassam” maqolasm chop etildi.   

- Tasviriy san’at fanidan 1 ta 5-sinf uchun, 1 ta 7-sinf uchun dars ishlanmalarim telegrammning “Ma’rifat” kanalida yoritildi

- 15.03.2019“Eng yaxshi metodbirlashma rahbari” ko’rik-tanlovining  viloyat bosqichida 

 

faxrli 1-o’rinni egallab, diplom va esdalik sovg’a bilan taqdirlandim va bu faoliyatim viloyat miqyosida ommalashdi.  (Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi)                                          

- 2019-yil 15-aprel kuni 2019-2020 o’quv yilida chop etiladigan 1-sinf, 4-sinf, 5-sinf “Tasviriy san’at” darsliklarini mazmunan yaxshilash bo’yicha amaliyotchi o’qituvchi sifatida Andijon viloyati xalq ta’limi tizimi tomonidan taklif va mulohazalar berdim.

Fan oyligi o’tkazilish jarayoni

2019- yil 30-mart kuni “Amaliy fanlar” oyligi burchagi tashkil qilindi.

       2018- yil 4-aprel kuni “Amaliy fanlar” oyligi ochilishi shahar miqyosida o’tkazildi. Bu tadbirga amaliy fanlar metodisti Ergasheva Gulchehraxon va shahar umumta’lim maktablari amaliy fan o’qituvchilari tashrif buyurdilar.      

          Muhtaram yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni  barkamol etib tarbiyalash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga  qiziqishlarini oshirish bo’yicha belgilab bergan 5 ta tashabbusdan

Birinchi tashabbusyoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish  bo’yicha shahar miqyosida seminar tashkil etildi.

Metodbirlashma rahbari Saliyeva Raximaxon “O’zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektr yig’ilishida “Yoshlar  bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish” bo’yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus mazmun-mohiyati” haqida gapirdi.

        “Mohir qo’llar”,  “Yosh duradgor”, “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolarining ishlaridan ko’rgazmalar tashkil  qilindi. “Musiqa” to’garagi a’zolari ijrosida konsert dasturi  namoyish qilindi. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Sohibqiron Amir Temur “ portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Texnologiya fani o’qituvchisi Maqsudova Muqaddasxon 4-“G” sinfda  “Kim bo’lsam ekan” tadbirini o’tkazdi.

(Telegrammning “Ta’lim” kanalida yoritildi)                                          

            Chizmachilik fanidan 2019-yil 9-aprel kuni  8-“D” sinfda,  tasviriy san’at fanidan 2019-yil 12-aprel kuni 5-“E” sinfda ochiq darslar o’tkazdim.

 

       2019-yil 26-aprel kuni O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kuni munosabati bilan viloyat tomonidan 5 ta tashabbus bo’yicha o’tkazilgan bayramonona tadbirda rassomchilik bo’yicha viloyat, respublika ko’rik-tanlovlari g’olibi bo’lgan 10-“A” sinf o’quvchisi Hamraqulova Mubina viloyat hokimligining 1 ta noutbuk va 10 dona badiiy kitoblar bilan taqdirlandi. 

 

          2018-yil 30-aprel kuni fan oyligi yakuni o’tkazildi:

Bunda yana “Mohir qo’llar”,  “Yosh duradgor”, “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolarining ishlaridan ko’rgazmalar tashkil  qilindi. Men 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf“ portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovini o’tkazdim.         

 

       Yuqoridagi o’tkazilgan jarayonlardan fotolavhalar telegrammning  “Metodkabinet”, “35-DIM”, “UstozAnd XTB Rasmiy” kanallarida ham keng ommaga namoyish qilindi.

     O’quv yili davomida olib borgan faoliyatimni shaxsiy veb-saytim chizma.35dim.uz  ga joylashtiririb bordim.

 

1. 06.2019 

35-ДИМ tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi:                                   R. T. Saliyeva  

 

 

 

 


  1. 2018-2019 o`qiv yilidagi faoliyatim hisoboti
  2. 18.08.2019 12:06