Andijon viloyati Andijon shahridagi 35- son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabi
tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
Saliyeva Rahimaxon Tashpulatovnaning
2016-2017 o’quv yilida qilingan ishlari
H I S O B O T I
Men 2016-2017 o’quv yili davomida 1-7-sinf o’quvchilariga tasviriy san’at, 8-9-sinf o’quvchilariga chhizmachilik fanidan dars berdim. “Yosh rassomlar” to’garagini 2 guruhda olib bordim. 1-guruh 6-9-sinf o’quvchilari, 2-guruh 5-sinf o’quvchilari. “Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash” mashg’ulotlarini 8-9-sinf o’quvchilari bilan olib bordim. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha o’quvchilarga darslar davomida, darslardan keyin ko’rsatmalar berib bordim.
8-“B” sinfga sinf rahbarlikni olib bordim va o’quv yili yakunida o’quvchilarim o’zlashtirishi 100%, bilim sifati 92%ni tashkil etdi.
Maktabda maktab “Metodik kengashi”ning kotibligini, “Matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fanlari metodbirlashmasi raisligini, “Ustoz-o’qituvchi” faoliyatlarini namunali tarzda olib bordim.
35-DIM da tashkil etilgan “Viloyat mahorat maktabi” da tasviriy san’at va chizmachilik fani trener o’qituvchisi faoliyatini olib bordim.
XTMFMT va TE Andijon shahar bo’limi tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari metodika uyushmasi raisligini olib bordim.
Umumxalq shanbaliklarida, tashkilotchilik ishlarida faol ishtirok etdim.
Maktab ma’muriyati topshiriqlarini tezlik bilan bajarishga harakat qildim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni o’z tashabbusim bilan Andijon shahridagi 73-saylov uchastkasida MTDP dan kuzatuvchi bo’ldim. (4.12.2016).
Veb saytimga olib borgan ishlarim haqida ma’lumotlar qo’yib boryapman.
WWW. oltinalam.zn.uz WWW.chizma.35dim.uz
O’quvchilarim yutuqlari:
–30.11.2016. 8-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” mavzusida plakatga rasm solish ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli1 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
-4.02.2017. 7-“А” sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy “Z.M.Bobur bosib o’tgan yo’llarni aks etgan xarita” ni chizish ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida 7-sinflar o’rtasida 1-o’rinni egalladi. (chapdan 1-qator 1- oq’uvchi).
–26.04.2017. “O’zbegim”, “Sochnaya dolina” va XTMFMT VA TE Andijon shahar bo’limi hamkorligida 7 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar o’rtasida “O’zbegim timsoli” mavzusida plakatga rasm chizish tanlovi o’tkazildi. Bu tanlovga bizning maktabimizdan 8 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar. 7-“A” sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy faxrli 2-o’rinni egallab, faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Qolgan 1nafar 2-sinf o’quvchimiz 3-o’rinni egalladi va 6 nafar o’quvchilarimiz faol ishtirok etganliklari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Bu ko’rik-tanlov jarayoni “Taraqqiyot” televideniyesining axborot dasturida ko’rsatildi. -7.12.2016. 9-“B” sinf o’quvchisi Jalolov Firdavsbek XTMFMT VA TE Andijon shahar bo’limi “Ijtimoiy fanlar metodika uyushmasi”ning “Konstitutsiya –baxtimiz poydevori” mavzusidagi tadbirida plakatga rasm chizish tanlovida faxrli 1-o’rinni egalladi.
–17.10.2016. 7 –“А sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy “Каmolot” yoshlar harakati viloyat kengashi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan “Kamalak” yulduzlari bolalar ijodiyoti festivali Andijon viloyati bosqichida tasviriy san’at yo’nalishida faol ishtirok etdi.
Chizmachilik fanidan 8-9-sinf iqtidorli o’quvchilari bilan individual tarzda mashg’ulotlar olib bordim.
Maktab I-bosqich va shahar 2-bosqich chizmachilik fani olimpiadalarida 9-“G” sinf oquvchisi Ashurova Madinabonu faxrli 1-o’rinlarni egallab, viloyat 3-bosqichida 76 ball to’plab, 8-o’rinni egalladi.
Ko’rik-tanlovlardagi yutuqlarim
– “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti -2017” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida 10 ta laureat ichidan o’rin olib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldim.
www.oltinalam.zn.uz va www.chizma.35dim.uz veb saytlarimni yaratganman. Bu saytlarimda fanim bo’yicha metodik ishlarim, o’zimning va o’quvchilarimning yutuqlari joy olgan.
-20.09.2016. “Fan, ta’lim va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Andijon shahar kengashi ”tomonidan “O’z kasbining mohir egalari” tadbirining shahar bosqichida faxrli 2-o’rinni egallaganim uchun faxriy yorliq va estalik sovg’a bilan taqdirlandim.
–9.11.2016. Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining “Sizga tashakkur” ko’rik-tanlovining “Ijodkor o’qituvchi” nominatsiyasi bo’yicha faxrli 3-o’rinni egallaganim uchun faxriy yorliq va estalik sovg’a bilan taqdirlandim.
Chop etilgan maqolalarim:
-2016-yil oktabr oyida AVXTXQTUMOI ning tasviriy san’at va chizmachilik kursi o’qituvchisi Tadjibayev S. bilan Navoiy VXTXQTUMOIga jo’natgan “Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining dolzarb masalalari va muammolari” mavzusida yozgan maqolamiz tasdiqlandi va chop etildi.
-27.02.2017. AVPXQTMOI da “Amaliy fanlarni o’qitishning nazariy, pedagogik va psixologik muammolari” mavzusidagi hududiy ilmiy-amaliy anjumanida o’zimning yozgan maqolam bilan qatnashdim va taqdimot qildim
– O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan “Xalq ta’limi tizimidagi “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plamida 2-sho’ba “Mahorat maktablarida” da o’qituvchilarning uzluksiz kasbiy mahoratlarini oshirishning ilmiy-nazariy va metodologik masalalari bo’yicha “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishda o’qituvchilarning vazifalari mavzusida maqolam chop etildi.
-2017 йил июль ойида “Амалий фанларни ўқитиш ва ўқув-тарбия жараёнининг сифат ва самарадорлиги: муаммолар ва ечимлар” мавзусидаги республика амалий фанлар ўқитувчилари форуми материаллари тўпламида “Тасвирий санъат ва чизмачилик фанининг долзарб масалалари” мавзусида мақолам чоп этилди ва бу форумда 4-5.07.2017. кунлари қатнашиб келдим.
Metodik faoliyatim:
-АVXTB ining 2015-yil 2-oktabrdagi 140-sonli qo’shma buyrug’iga asosan maktabimiz “Viloyat mahorat maktabi” бўлди. Viloyat mahorat maktabi tasviriy san’at va chizmachilik fani trener o’qituvchisi sifatida har 2 oyda bir 17 ta tuman(shahar) trener o’qituvchilariga seminar- mashg’ulotlar,ochiq darslar o’tkazdim.
-15.08.2016. “Sifatli ta’lim-tarbiya bosh vazifamiz” shiori ostida “An’anaviy avgust kengashlari”ga tayyorgarlik ko’rish hamda o’tkazish yuzasidan trener o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha viloyat o’quv-seminarida qatnashdim.
-26.08.2016. XTMFMT VA TE Andijon shahar bo’limining an’anaviy avgust kengashida tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilarining ijodiy ish jarayonlari tashkil etildi va bu jarayonda men ham qatnashib, o’z ijodiy ishimni yaratdim.
–29.08.2016. Xalq ta’limi xodimlarining viloyat anjumanida men o’zimning ijodiy va metodik ishlarim ko’rgazmasi bilan qatnashdim.
-2016-yil 3-29 оktabr kunlari AVXTXQTUMOI ning tasviriy san’at va chizmachilik kursida malakamni oshirib keldim.
Toshkent shahar A. Avloniy nomidagi XTXQTUMO institutida tashkil etilgan “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini amaliyotga joriy etish” bo’yicha maqsadli 2 kunlik o’quv kursida(31.01-1.06.2017) o’qib keldim va viloyat miqyosidagi hamda Andijon shahridagi tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilariga trenerlik qildim.
Маktabda:
“YOSH RASSOMLAR” to’garagini haftada 2 marta olib bordim. Har bir bayram kunlariga, tarixiy shaxslar tavallud topgan kunlariga va dolzarb mavzular bo’yicha plakatga rasm chizish, devoriy gazetalar tayyorlash, portretlar chizish va asfaltga rasm solish ko’rik-tanlovlarini o’tkazdim:
–29.09.2016. 5-9- sinflar o’rtasida “1-oktabr – o’qituvchi va murabbiylar kuni”” munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.
-17.11.2016. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Bayrog’imiz-faxrimiz” мавзусида plakatga rasm ishlash tanlovini o’tkazdim.
-19.11.2016. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Коnstitutsiya-baxtimiz poydevori ” мавзусида plakatga rasm ishlash tanlovini o’tkazdim.
-28.11.2016. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “1-dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni” mavzusida plakatga rasm ishlash tanlovini o’tkazdim.
-24.12.2015. 5-9- sinflar o’rtasida “Yangi yil bayrami” munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.
– 2-9 – синф ўқувчилари ўртасида 2016 йил 10 ноябрдан 2017 йил 10 январгача “Ёнғин хавфсизлиги” ойлиги муносабати билан расм чизиш танловини ўтказдим ва бу асосида мактаб бурчагида кўргазма ташкил қилдим.
–13.01.2017. “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.
-25.01.2017. 1-Prezidentimiz I. Karimov tavallud kuni munosabati bilan maktabimizda “Buyuk kelajak me’mori” mavzusida viloyat seminari bo’lib o’tdi. Seminarga Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar tashrif buyurdilar. Shu kuni 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Yurtning mard, jasur va shijoatli farzandi” mavzusida plakatga rasm ishlash ko’rik-tanlovini o’tkazdim.
-26.01.2017. “Biz buyuk Bobur izdoshlarimiz” mavzusida viloyat seminari bo’lib o’tdi. Viloyat seminarida 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida Z.M. Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovi,“Bobur portreti” tanlovi, “Z.M.Bobur bosib o’tgan yo’llar”ni aks etgan xarita chizish tanlovini o’tkazdim. G’olib o’quvchilar Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan taqdirlandilar.
-19-20.03.2017. “Navro’z” bayrami munosabati bilan 5-9-sinflar o’rtasida devoriy gazeta tayyorlash tanlovini o’tkazdim.
– 3.04.2017. 5-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Sohibqiron Amir Temur portretini chizish” ko’rik-tanlovini o’tkazdim.
-10.04.2017. 5-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf portretini chizish” ko’rik-tanlovini o’tkazdim.
8 –B sinfga rahbarlik qildim:
2016-2017 o’quv yilida 8-“B” sinf o’quvchilariga rahbarlik qildim. Sinfimda 29 nafar o’quvchi bo’lib, o’quv yili boshida 1 nafar o’quvchi qo’shildi va o’quvchilar kontingenti 30 nafar bo’ldi. O’quvchilarimning o’zlashtirishi 100% bo’lib, bilim samaradorligi 92% bo’ldi. Har juma kunlari tarbiyaviy soatlarni o’tdim.
1-Prezidentimiz I.Karimov xotirasiga bag’ishlab “Xotira darsi”ni namunali tarzda o’tkazdim.
Har bir bayram, tadbir va shanbaliklarda o’quvchilarim namunali tarzda faoliyat ko’rsatdilar. Sinf majlislarini va dolzarb mavzular bo’yicha suhbatlarni o’z vaqtida o’tkazdim.
8-“B” sinf o’quvchilarim Egamberdiyev Ibrohimjon fizika fanidan, Аbdumannonova Hadicha geografiya fanidan, Тo’raxonova Oysha biologiya fanidan “Iqtidorli o’quvchilar klubi”ning maktab bosqichida faxrli 1-o’rinni egallashib, shahar bosqichida faol ishtirok etdilar.
“Bilimlar bellashuvi” da ham o’quvchilarim Egamberdiyev Ibrohimjon fizika fanidan, Аbdumannonova Hadicha geografiya fanidan, Тo’raxonova Oysha biologiya fanidan maktab bosqichida g’olib bo’lishib, shahar bosqichida yuqori ballar to’pladilar.
O’quvchilarim “Bayrog’imiz-faxrimiz”, “Prezident saylovi”, “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” mavzularda namunali tarzda insholar yozishdi va maktab ma’muriyati e’tibor qaratdi.
Bеlgilangan uchastkamizdagi tozalov ishlari, shanbaliklar namunali olib borildi.
Har bir bayram kunlariga, tarixiy shaxslar tavallud topgan kunlariga va dolzarb mavzular bo’yicha plakatga rasm chizish, devoriy gazetalar tayyorlash, portretlar chizish va asfaltga rasm solish ko’rik-tanlovlarida faol ishtirok etdilar, faxriy yorliq va maqtov yorliqlar bilan taqdirlandilar:
–29.09.2016. 5-9- sinflar o’rtasida “1-oktabr – o’qituvchi va murabbiylar kuni”” munosabati bilan o’tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovida 8-sinflar o’rtasida 8-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 1-o’rinni egalladilar.
-17.11.2016. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Bayrog’imiz-faxrimiz” mavzusida o’tkazilgan plakatga rasm ishlash tanlovida 8-sinflar o’rtasida 8-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 1-o’rinni egalladilar.
-19.11.2016. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Коnstitutsiya-baxtimiz poydevori ” mavzusida o’tkazilgan plakatga rasm ishlash tanlovida 8-“B”sinf o’quvchim G’aniyeva Muslima faxrli 2-o’rinni egalladi.
-24.12.2015. 5-9- sinflar o’rtasida “Yangi yil bayrami” munosabati bilan o’tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovida 8-sinflar o’rtasida 8-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 2- o’rinni egalladilar.
–13.01.2017. “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o’tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovida 8-sinflar o`rtasida 8-“B” sinf o’quvchim G’aniyeva Muslima faxrli 1-o’rinni egalladi.
–28.02.2017. «Giyohvandlikka qarshi kurashamiz” mavzusida 8-sinflar o’rtasida o’tkazilgan tadbirda 8-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 2-o’rinni egalladilar.
-20.03.2017. “Navro’z” bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda devoriy gazeta tayyorlash tanlovida 8-sinflar o’rtasida 8-“B” sinf o’quvchilarim yuqori ball “5” ball oldilar (hamma 8-sinflar “5” balldan oldilar).
-20.03.2017. “Navro’z” bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda “Futbol o’yini” musobaqasida 5-9-sinflar o’rtasida 8-“B” sinf o’g’il bola o’quvchilarim faxrli 2-o’rinni egallashdi va faxriy yorliq, futbol to’pi bilan taqdirlandilar.
-20.03.2017. “Navro’z” bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda 8-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 3-o’rinni egallashdi va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
– 3.04.2017. 5-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Sohibqiron Amir Temur portretini chizish” ko’rik-tanlovida 8-“B” sinf o’quvchim Habibullayev Abdulaziz faxrli 2-o’rinni egalladi.
-10.04.2017. 5-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf portretini chizish” ko’rik-tanlovida 8-“B” sinf o’quvchim Abdullayeva Nazokat faxrli 1-o’rinni egalladi.
30.09.2016. “1-oktabr – o’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan maktabimizda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi bo’lgan faxriy ustoz Rahbarxon ayani o’quvchilarim bilan tabriklab keldik (Hozirgi kunda vafot etgan).
6.05.2017. “9-may –Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan maktabimizda tarix fani o’qituvchisi bo’lgan faxriy ustoz Maksimova Azizaxon opaning xonadonida bo’ldik.
2017 yil iyun