Anidjon viloyati Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi Saliyeva Raximaxonning 

2015-2016 o‘quv yili yakuni bo‘yicha yillik 

H     I     S   O   B   O   T   I

      2015- 2016 o‘quv yilida 1- 7 sinflarga tasviriy san’at, 8- 9 sinflarga chizmachilik fanidan haftasiga 28,5 soatdan dars soatlarini namunali tarzda o’quv reja asosida o’z vaqtida o’tdim. Darslarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan unumli foydalandim. Pedyuklamani namunali tarzda bajardim. Bo’sh o’zlashtiruvchi  va  iqtidorli o’quvchilar bilan ishladim, bilim sifati 85% -  89%  ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qildim.  

     “Yosh rassomlar” to’garagini, “Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash” mashg’ulotlarini, o’quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha olib borilgan ishlarni namunali tarzda olib bordim.  7-“B” sinf o‘quvchilariga rahbarlik qildim va o’quv yili  yakunida o’quvchilarim o’zlashtirishi 100%, bilim sifati 90% ni tashkil etdi. Maktabda maktab “Metodika kengashi” kotibasi va “Matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fanlari   metodbirlashmasi “ raisligini olib bordi. Shahar umumta’lim maktablari tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari uyushma raisi, fani bo‘yicha Viloyat mahorat maktabi trener o‘qituvchisi faoliyatlarini olib bordim. Jamoat ishlarida faol ishtirok etdim. 

                                         O‘quv yili davomidagi yutuqlarim:

- 26.03.2016. 9-“B” sinf o’quvchisi Soliyev Usmonjon viloyat bosqichi chizmachilik fan olimpiadasida faxrli 1- o’rinni egalladi.

 -18.11.2015. 7-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina viloyat davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari o‘quvchilari o’rtasida o‘tkazilgan “Bayrog‘imiz – faxrimiz” mavzusida plakatga rasm chizish tanlovida faxrli 2- o’rinni egalladi. 

-24.11.2015.  7-“A” sinf o‘quvchisi Hamroqulova Mubina “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida plakatga rasm chizish ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2- o‘rinni egalladi. 

-1.12.2015. 9 –“A” sinf o‘quvchisi Adhamjonov Muhammadyusuf  “Butunjahon OITS ga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan viloyat miqyosida o’tkazilgan plakatga rasm chizish tanlovida “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasiga ega bo’lib, estalik sovg’alar bilan taqdirlandi. 

 -1.06.2016. 6 –“A” sinf o’quvchisi Nabiev Hasanboy “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Andijon shahar bolalar bog’ida o’tkazilgan asfaltga rasm solish tanlovida faxrli 3 –o’rinni egalladi.

26.06.2016. 7 –“A” sinf o’quvchisi Nabiev Hasanboy “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish” kuni munosabati bilan Andijon shahar Navoiy bog’ida viloyat miqyosida o’tkazilgan plakatga rasm chizish tanlovida   faxrli 2 –o’rinni egalladi.

26.06.2016. 7 –“B” sinf o‘quvchisi Jo’raeva Robiya “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish” kuni munosabati bilan Andijon shahar Navoiy bog’ida viloyat miqyosida o’tkazilgan asfaltga rasm solish tanlovida   faxrli 2 –o’rinni egalladi.


       Men “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari o’rtasida “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko‘rik- tanlovi”ning viloyat bosqichida faxrli 1- o’rinni, respublika bosqichida 8- o’rinni egalladim. Viloyat miqyosida ommalashdi.

-“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2 -o‘rinni egalladim. Viloyat miqyosida ommalashdi.

- “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb -saytlar – 2016” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida  “Eng yaxshi o‘qituvchi veb –sayti” nominatsiyasi bo’yicha  yuqori ball to’plab, 10 ta laureat ichidan o’rin oldim.  www.oltinalam.zn.uz

- “Ziyo” gazetasining 2016-yil 10-iyun oyidagi sonida 1 soatlik dars ishlanmam chop etildi (Xitoy va yapon rassomlarining texnologik usulida nam qog’ozga kompozitsiya ishlash).

                                               “Viloyat mahorat maktabi”

   AVXTB ining 2016-yil 2-oktabrdagi 140- sonli qo’shma buyrug’iga asosan maktabimiz “Viloyat mahorat maktabi” bo’ldi. Men Viloyat mahorat maktabi trener o‘qituvchisi sifatida  har 2 oyda bir 17 ta tuman trener o’qituvchilarga o’quv mashg’ulotlar o’tkazdim. 

                          “Yosh rassomlar” to’garagini olib bordim. Maktabda:

-26.09.2015. 5-9- sinflar o’rtasida “1 -oktyabr  o’qituvchi va murabbiylar kuni”ga devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.

-31.10.2015. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida plakatga rasm ishlash tanlovini o’tkazdim. 

-30.11.2015. 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “1-dekabr  Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni” mavzusida plakatga rasm ishlash tanlovini o’tkazdim. 

-19.12.2015. 5-9- sinflar o’rtasida “Yangi yil bayrami”ga devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.

- 2-9 – sinf o’quvchilari  o’rtasida 2015-yil 20 -noyabrdan 20 -dekabrgacha “Yong’in xavfsizligi” oyligi munosabati bilan rasm chizish tanlovini o‘tkazdim va bu asosida maktab burchagida ko’rgazma tashkil qildim.

-14.01.2016. 5-9- sinflar o’rtasida “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan devoriy gazeta tayyorlash  tanlovini o‘tkazdim.

-22.01.2016. Maktabimizda viloyat davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari miqyosida “Odob - ahloq qoidalari” mavzusida ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda “Yosh rassomlar” to’garagi a’zolari ijodiy ishlar yaratib, ko’rgazma tashkil qildilar.

-4.02.2016. A. Navoiy va Z. M. Bobur siymolari portretlari, devoriy gazetalari tanlovini o’tkazdim.

-3.03.2016.  5-9- sinflar o‘rtasida “8 -Mart xalqaro xotin- qizlar kuni ” bayrami munosabati bilan devoriy gazeta tayyorlash  tanlovini o’tkazdim.

-Aprel oyi fan oyligida A. Temur va Muhammad YUsuf  portretlarini yaratish tanlovlarini o’tkazdim.     

-Aprel oyi -“Tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat va musiqa fanlari” oyligini namunali tarzda olib bordim. Fan oyligi tadbirlari, ochiq dars jaryonlari viloyat televideniesi tomonidan yoritib borildi.

                                                Sinf rahbarlik

         7-”B” sinf o‘quvchilariga rahbarlik qildim. Har haftada tarbiyaviy soat darslarini namunali o’tkazdim. O’quv yili boshida o’quvchilarim 29 nafar bo’lib, o’quv yili yakunida 28 nafar o’quvchi qoldi. 1 nafar o’quvchim 29-maktabga o’tkazildi. O’quvchilarimning bilim sifati 1-chorakda 88%, 2-chorakda 89%, 3-chorakda 90%, 4-chorakda 94% bo‘ldi. Bayram tadbirlarini o’quvchilarim bilan tashkil qilib, fotolavhalar tayyorlab bordim. “1-oktabr –Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan faxriy ustoz Rasulova Manzuraxon aya xonadonida bo‘ldim.  O’quvchilarimdan “Madad guruhi” tashkil qilib, maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi bo’lgan marhum Zokirov Shokirjon aka xonadonida bo‘ldik.

                                          O’quvchilarim erishgan yutuqlari:

- Egamberdiev Ibrohimjon – fizika fanidan “Iqtidorli o’quvchilar klubi”ning shahar    bosqichida 2-o’rinni;

- Bilimlar bellashuvining shahar bosqichida 3-o’rinni egalladi.                                      

                        Maktabda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda o‘quvchilarim:

-“1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga devoriy gazeta tayyorlash tanlovida 2-o’rinni;

-”Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” plakatga rasm chizish tanlovida – 2-o’rinni;

-”YAngi yil” bayramiga  devoriy gazeta tayyorlash tanlovida -2-o’rinni;

-”YOng‘in xavfsizligi oyligi” da plakatga rasm chizish tanlovida – 2 –o’rinni;

-”Biz giyohvandlikka qarshimiz” plakatga rasm chizish tanlovida – 3- o’rinni;

-”8-mart bayrami”ga devoriy gazeta tayyorlash tanlovida -2-o’rinni;

- “Navro’z” bayramiga devoriy gazeta tayyorlash tanlovida 2-o’rinni egalladilar.

- Navro’z bayrami tadbirida 6- sinflar o’rtasida “tezlikka yugurish” va “arqon tortish” musobaqasida 1- o‘rinlarni egalladilar.

   Sinf rassom o’quvchisi Abdullaeva Nazokat Z.M. Bobur, A.Temur, M.Yusuf portretlarini chizish tanlovlarida 1-2-o‘rinlarni egalladi.

             ATV DIYOR yangiliklarida lavhalar namoyish qilindi:

-  “Viloyat mahorat maktabi” o’quv mashg‘ulotlaridan lavhalar;

- 7-”A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina 2015-yil 24- noyabr kuni o‘tkazilgan viloyat ko’rik-tanlovida o’zining chizgan rasmi haqida intervryu berdi;

- 9-”V” sinf o’quvchisi Karimova Mohlaroy maktabda “Aprel oyi fan oyligi”da o’tkazilgan tadbirda o‘zining chizgan sohibqiron A.Temur portreti  haqida intervryu berdi;

- 6-”A” sinf o’quvchisi Nabiev Hasanboy 1-iyun kuni “Bolalar bog’i”da o‘tkazilgan rasm chizish tanlovida o’zining asfaltga rasm solish faoliyati haqida  intervryu berdi.

 

2016 yil iyun



  1. 2015-2016 O`QUV YILI HISOBOTI
  2. 06.06.2018 23:53