Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
Saliyeva Raximaxonning 2014-2015 o’quv yili yakuni bo’yicha yillik
H I S O B O T I
Men 2014-2015 o’quv yili davomida 2-7- sinf o‘quvchilariga tasviriy san’at, 8-9-sinf o’quvchilariga chizmachilik fanlaridan dars berdim. Jami dars soatim 28 soat bo‘lib, bilim sifati 86-88% ni tashkil etdi. “Yosh rassomlar” to’garagini, “Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash” mashg’ulotlarini, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha olib borilgan ishlarni namunali tarzda olib bordim. 6-“B” sinfga rahbarlik qildim va o’quv yili yakunida o’quvchilarim o’zlashtirishi 100%, bilim sifati 85%ni tashkil etdi. Maktabda Maktab Metodika kengashi kotibasi, “Tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat va musiqa fanlari metodbirlashmasi “ rahbarligini olib bordim. Shahar miqyosida fanim bo’yicha “Ustoz o’qituvchi”, AVPKQTMOI bilan hamkorlikda “Mahorat maktabi” faoliyatini va shahar umumta’lim maktablari tasviriy san’at va chizmachilik fani Metodika uyushmasi raisligini namunali tarzda olib bordim. Shaxsiy Web saytimni yaratganman: WWW. oltinalam.zn.uz
2014- 2015 o’quv yili davomidagi yutuqlarim:
- “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb -saytlar – 2015” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi o’qituvchi veb –sayti” nominatsiyasi bo’yicha 10 ta laureat ichidan 3- o’rin olib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldim.
-30.08.2014. “MUSTAQILLIK” bayrami arafasida “Fan, ta’lim va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Andijon shahar kengashi” tomonidan “O’z kasbining mohir egalari” tadbirining shahar bosqichida faxrli 2-o’rinni egallaganligim uchun faxriy yorliq va estalik sovg’a bilan taqdirlandim.
-30.09.2014. “Ajodlarimizning bebaho merosi abadiyatga dahldor ma’naviy xazinadir” mavzusida shahar umumta’lim maktablari rasm-chizmachilik fani o’qituvchilari o’rtasida o’tkazilgan insholar ko’rik -tanlovida faxrli 1- o’rinni egalladim.
- Shahar 2 -bosqich chizmachilik fani olimpiadasida 9 –“A” sinf o‘quvchisi Nabijonova Malohat faxrli 1 o’rinni, 9 –“B” sinf o’quvchisi Karimova Muqaddas faxrli 2- o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdilar.
-11.11.2014. “Jaholatga qarshi ma’rifat” badiiy va ijodiy ishlar tanlovining “Tasviriy san’at” yo’nalishida maktab bosqichida 5-9-sinf iste’dodli o’quvchilari o’rtasida 8 -“A”sinf o’quvchisi Ataxanov Azizbek maktab bosqichida g’olib bo’lib, shahar bosqichida faxrli 3-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.
- 24.11.2014. 8-“A” sinf o’quvchisi Adhamjonov Azizbek “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan rasmlar tanlovining shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.
-6.12.2014. 8-“A” sinf o’quvchisi Adhamjonov Azizbek “Odam savdosiga qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan rasmlar tanlovining shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichida faxrli 2 o’rinni egalladi.
-14.01.2015. 8 -“A”sinf o’quvchisi Ataxanov Azizbek “Ajdodlarimiz qahramonligi yoshlarga ibrat” mavzusida devoriy gazeta tayyorlash tanlovining maktab bosqichida g’olib bo’lib, shahar bosqichida faxrli 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.
- 23.05.2015. 6-“A” sinf o’quvchisi Ibrohimjonov Saidjalol “1-iyun - xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan viloyat miqyosida o’tkazilgan “Mustaqil yurt farzandiman” mavzusidagi rasmlar ko’rik- tanlovida faol ishtirok etib, faxriy yorliq va esdalik sovg’a bilan taqdirlandi.
-1.06.2015. “1-iyun - xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalar bog’i”da o’tkazilgan “Mening kelajakdagi ezgu orzuim” mavzusida plakatga rasm chizish tanlovida 6-“A” sinf o‘quvchisi Ibrohimjonov Saidjalol faxrli 1 –o’rinni egalladi.
24.06.2015. 8-“A” sinf o‘quvchisi Adhamjonov Muhammad Yusuf 2- hudud 30- maktabda “Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz” mavzusida o‘tkazilgan plakatga rasm chizish tanlovida “Eng chiroyli rasm” nominatsiyasiga ega bo’ldi.
25.06.2015. 8-“A” sinf o‘quvchisi Adhamjonov Muhammad Yusuf Navoiy bog’ida shahar miqyosida “Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz” mavzusida o‘tkazilgan plakatga rasm chizish tanlovida faxrli 2 –o’rinni egalladi.
“Yosh rassomlar” to’garagini olib bordim.
-18.09.2014. Maktabda 5-9- sinf o’quvchilari o‘rtasida “O’rta asr sharq allomalari siymolari” rasm chizish tanlovini o’tkazdim va bu asosida maktab burchagida ko’rgazma tashkil qildim.
-26.09.2014. Maktabda 5-9- sinflar o’rtasida “1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni”ga devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o’tkazdim.
- 2-9 – sinf o’quvchilari o’rtasida 2014 yil 20 noyabrdan 20 dekabrgacha “Yong’in xavfsizligi” oyligi munosabati bilan rasm chizish tanlovini o’tkazdim va bu asosida maktab burchagida ko’rgazma tashkil qildim.
-22.12.2014. Maktabda 5-9- sinflar o‘rtasida “Yangi yil bayrami”ga devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini o‘tkazdim.
-29.01.2015. Maktabda 5-9- sinflar o‘rtasida “Biz vatanimizni hech kimga bermaymiz” mavzusida plakatga rasm chizish tanlovini o‘tkazdim (ATV Diyor da 30 31.01.2015ko‘rsatildi).
-8 mart, 21 mart bayram kunlariga atab 5 -9 sinflar o‘rtasida devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik tanlovlarini ham o‘tkazdim.
“Mahorat maktabi”
- 13.09.2014. “Mahorat maktabi” buyicha AVPKQTMOI tasviriy san’at va chizmachilik kursi tinglovchilariga 6-“B” sinfda tasviriy san’at fanidan maksadli kurgazmali dars utib berdim (Mavzu: Xitoy va YAponiya rassomlarining texnologik usulida nam qog‘ozga kompozitsiya ishlash) va ish tajribalarimni o‘rtoqlashdim.
15.11.2014. “Maxorat maktabi” bo‘yicha AVRKQTMOI kursi tinglovchilariga 6-“B” sinfda maqsadli ko’rgazmali dars (Sharq miniatyura san’ati) va taqdimot o‘tkazdim.
321.02.2015. 35-DIM . “Maxorat maktabi” bo‘yicha AVRKQTMOI kursi tinglovchilariga
6-“B” sinfda maqsadli ko‘rgazmali dars (Xotiradan mavzuiy natyurmort) va taqdimot o‘tkazdim.
Aprel oyi -“Tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat va musiqa fanlari” oyligini
namunali tarzda olib bordim.
- 15.04. 8-“B” sinfda maqsadli ko’rgazmali ochiq darsni;
- 9.04. Plakatga rasm chizish tanlovi (A. Temur siymosi)ni;
-13.04. Plakatga rasm chizish tanlovi (Muhammad YUsuf)ni;
- Asfaltga rasm solish ko’rik -tanlovi (Giyohvandlik asr vabosi)ni o’tkazdim.
- 5-7-sinf o’quvchilarini san’at maktabiga va viloyat o’lkashunoslik muzeyiga sayohatga olib bordim.
Fan oyligi davomidagi tadbirlar jarayonidan lavhalar Andijon viloyat televideniesining axborot dasturlarida ko’rsatib borildi, jumladan o’tkazilgan dars jarayonidan lavhalar 1-2-may kunlari ATV DIYOR yangiliklarida ko’rsatildi.
-“Ziyo” gazetasining 2015 yil mart № 5 sonida “Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash” mavzusida 1 soatlik dars ishlanmam chop etildi.
Fan oyligida faol ishtirok etgan 5-8 sinf o‘quvchilari bukletlarda ham ommalashdi.
Sinf rahbarlik
- 6 -B sinfga rahbarlik qildim. Cinfimda 27 nafar o’quvchi bo’lib, o‘quv yili yakunida bilim sifati 88% ko’rsatkichga ega bo’ldi. Darslardan bo’sh vaqtlarida o’quvchilarimni turli xil to’garaklarga jalb qildim.
6-“B” sinf o’quvchisi Xodjaev Bahodir rus tili fanidan shahar bosqichi “Bilimlar bellashuvi”da faxrli 3- o’rinni egalladi.
Bilimlar bellashuvining maktab bosqichida:
Egamberdiev I. geografiya fanidan 1- o’rinni egallab, shahar bosqichida faol ishtirok etdi.
Toshmatov F. geografiya fanidan 2- o’rin
Sohibjonov S. geografiya fanidan 3- o’rin
Rahimjonov I. matematika fanidan 2 –o’rin
Sohibjonov S. matematika fanidan 3- o’rin
Rahimjonova M. ona tili fanidan 3 –o’rinlarni egalladilar.
Navro’z bayrami tadbirida 6-sinflar o‘rtasida “tezlikka yugurish” va “arqon tortish” musobaqasida 1- o-rinlarni egalladilar.
O‘quv yili davomida o‘tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash va plakatga rasm chiish ko’rik- tanlovlarida ham 1 -3 o’rinlarni egalladilar.
2015 yil iyun