img

Viloyat miqyosida o`tkazlgan ochiq dars

  1. 30.10.2018 22:45
  2. 4880

OZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TALIMI VAZIRLIGI

                               

ANDIJON VILOYATI  ANDIJON SHAHRIDAGI

35-SON AYRIM FANLAR CHUQUR O’RGANILADIGAN

DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING

TASVIRIY SAN'AT VA CHIZMACHILIK FANI

O’QITUVCHISI

SALIYEVA RAHIMAXON TASHPULATOVNANING

TASVIRIY SAN'AT FANIDAN

VILOYAT MIQYOSIDA

5- “YE” SINFDA O`TKAZGAN 1 SOATLIK

OCHIQ  DARS  ISHLANMASI

MAVZU :

“O’YDIN TUNDAGI DARAXTNI TASVIRLASH”

 

ANDIJON-2018

                                                                                  Tasviriy san’at fani. 5”Ye”-sinf.  7-dars.

      Mavzu: Oydin tundagi daraxtni tasvirlash

      

Ta’limiy maqsad:  O’quvchilarga tasviriy san’at turlari va asosiy janrlarning hususiyatlarini bilishga o’rgatish, manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, issiq-sovuq ranglardan maqsadli foydalana olish hamda rang va uning tuslaridan foydalana olishga o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga tasviriy san’at asarlarini ko’ra bilish, idrok etish va hayotiy jarayonlarda amal qilishga o’rgatish. Tasviriy san’atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

       Oquvchilarda ijodiy qobiliyat, tasviriy malakalar, badiiy fikrlash va xotirani rivojlantirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Naturaning xarakterli jihatlarini ko’rish, tahlil qilish va amaliy ishda ifodalash kompetensiyasi, amaliy ishni bosqichma-bosqichli ketma-ketlikda to’g’ri bajarish kompetensiyasi, tahlil qilish va o’zini-o’zi nazorat qilish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, kommunikativ kompetensiya.

Asosiy atama va tushunchalar: Kompozitsiya, peyzaj.

Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish.

Dars metodi: Noan’anaviy. Amalga oshirish usullari: Suhbat, taqdimot, amaliy mashg’ulot, kichik guruhlar bilan ishlash, ko‘rsatmalilik,

 Dars jihozi: G’. Abdurahmonov “Oydin kecha”, V.V.Ganin “Tun”, Van Gog Vinsentning 2 ta “Yulduzli tunlar” manzara  asarlari slaydlari, o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan ishlangan manzara tasvirlari, kompyuter.

Material: Oq qog’oz, akvarel va guash bo’yoqlari, mo’yqalamlar.

                              Dars bosqichlari

Darsning borishi

Tashkiliy qism: Salomlashish, Davomatni aniqlash. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

Darsning shiorini o’quvchilar jo’r bo’lib aytishadi:

NAFOSAT OYNASI  TASVIRIY SAN’AT,    UNI O’RGANMOQLIK INSON UCHUN BAXT.

 Dars qoidasi aytiladi:

1. O’zaro hurmat

2. O’z nomidan gapirish

3. O’galar gapini bo’lmaslik

4. Do’stlik, o’rtoqlik

5. Mustaqil fikrlash

6. Hamjihatlik

Oquvchilar 3 guruhga bolinadi:

1- guruh – “Grafika”

2- guruh – “Rangtasvir”

3-guruh – “Haykaltaroshlik”

     Sardorlar tayinlanadi. Dars jarayonida har bir topshiriq yakuni bo’yicha faol o’quvchilarga ragbat kartochkalari berib boriladi. Dars yakunida rag’batlar sanaladi.  “Iqtidorli o’quvchilar guruhi” va “Iqtidorli o’quvchilar” aniqlanadi.

  

       O’quvchilarga kamalakning 7 ta rangining ramziy ma’nosini aytish so’raladi. Kim 1-bo’lib javobini aytadigan bo’lsa, o’sha rang cho’ntakchasidan rag’bat kartochkani oladi. Shu tariqa darsning hamma bosqichlarida o’quvchilar bergan javoblariga rag’bat kartochkalar to’plab boradi. Dars yakunida o’quvchilar va guruhlar yiqqan rag’bat kartochkalar sanaladi. “Iqtidorli o’quvchi”, “Iqtidorli guruh” hominatsiyalari beriladi.

Ma’naviy daqiqa: 1989-yil 21 oktabr - “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” haqida; maktab bitiruvchilariga a’lo baholarga o’qiganligi uchun beriladigan oltin medal namunasi; haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo’lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar ( yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) davlat muzeylariga bepul kiritilishi haqida o’quvchilarning ma’naviy daqiqasiga yozdirilib qo’yildi va fikrlar aytiladi.

O’tilgan dars: “Hajm – haykaltaroshlik asosi. Odam haykalini ishlash” mavzusi boyicha o’quvchilarning ijodiy tarzda bajarib kelgan haykallari tahlil qilinadi.

    Klaster metodi qo’llaniladi. Buni har bir qator sardori o’qituvchi stolidan matn yozilgan qog’ozni oladilar va tezlik bilan tarmoqlaydilar. Masalan:

1.     Mikelanjelo Buonarotti yaratgan haykaltaroshlik asarlari

2.     Haykaltarosh rassomlar

3.     Andijon shahridagi mahobatli haykallar

O’quvchilar “Bo’yoqlar taxtasi”dan rag’bat kartochkalari oladilar.

 Yangi mavzu: Oydin tundagi daraxtni tasvirlash

1.     Nazariy qism. Rassomlarning mavzuga oid  asarlari organiladi, tahlil qilinadi.

Qogoz tanlash va uni namlash, nam qogozga rasm ishlash texnologiyasi hamda texnikasi haqida gapiriladi.

2. Amaliy qism. Oydin tun holatiga bag’ishlangan manzara ishlanadi. Manzarada tabiat detallari bo’ladi.

 Ekran orqali “Taqdimot” usuli qo’llaniladi. G’. Abdurahmonovning “Oydin kecha” asari ko’rsatiladi. O’quvchilar savollarga javoblar aytishadi:

1.     Bu kimning asari?

2.     Asar qaysi janrda ishlangan?

3.     Ufq chizig’i qayerdan o’tgan?

4.     Qanday ranglardan foydalanilgan?    

5.     Manzara sizga yoqdimi? va h...

Xuddi shu savollar bilan Van Gog Vinsentning ham 2 ta “Yulduzli tun” asarlari  tahlil qilinadi:

Ван Гог Винсент Van Gogh VincentВан Гог Звездная ночь над Роной

 

 

 

 

 

 

    Ван Гог Винсент (Van Gogh Vincent) (1853-1890), голландский живописец. В 1886–1888 ван Гог жил в Париже, посещал частную художественную студию, изучал живопись импрессионизма.

Andijonlik rassom V.V.Ganinning  “Tun” manzaraasari ham namoyish qilinadi.

    “Peyzaj” so’zi fransuzcha so’z bo’lib, “joy”, “makon” ma’nolarini anglatadi.

     Manzara  janrida tabiat, shahar, industrial-sanoat, interyer ko’rinishlari tasvirlanadi.

Manzara janrining 2 xili mavjud. Birinchisi mustaqil manzara bolib, unda faqat manzara aks ettiriladi.

Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi.

Manzarachi rassomlar:

    Levitan Isaak Ilich, Shishkin Ivan Ivanovich, O’rol Tansiqboyev, Ayvazovskiy Ivan Konstantinovich,  Nikolay Karaxan, Rashid Temurov, G. Abdurahmonov va h...

O`quvchilarning mustaqil ishlari:

    O’quvchilarga “Oydin tundagi daraxtni tasvirlash” bo’yicha ko’rsatma berib va birgalikda ishlash bosqichlari bajariladi. Bunda dastlabki bo’yoq berish (podmolyovka) sovuq gammada bajarilib, unda oyning taralib turgan nurlari tasvirlanadi. Oyning chiqib turishi (och havorang, to’q ko’k binafsha) gammada beriladi. Dastlabki berilgan yuzaga daraxt tasvirlanadi. Oydindagi daraxt tasvirida sariq, binafsha, ko’k ranglar ustivor bo’ladi. O’quvchilarga ommaviy va individual tarzda yordam ko’rsatilib turiladi.

Mustahkamlash. O’quvchilarning bajargan ranglamalaridan namunalilari tahlil qilinadi. Qatorlar faoliyati aniqlanadi.  Test usuli qo’llaniladi.

1-test:

1. Rangtasvir san’atida ijod qilayortgan andijonlik rassom kim?

 A). Bahodir Jalolov.      B) Obidjon Bakirov      S). Chingiz Ahmarov  

D) Javlon Umarbekov

2. Rangtasvir asarlari qanday bo’yoq turlari bilan ishlanadi?

A)  Suvbo’yoq, moybo’yoq, guash bilan    S) Qalamlar, guash, suvbo’yoq bilan.

B)   Plastilin, moybo’yoq, qalamlar bilan.    D) Moybo’yoq, plastilin, qalamlar bilan

3. «Oydin kecha» asarining muallifi kim?

A)  P.Benkov     B)  Z.Inog’omov        S) G’. Abdurahmonov   D) R. Ahmedov

4. Qaysi javobda rangtasvirda ishlatiladigan iboralar bayon etilgan?

A)  Plastilin, stek, byust    B)  Akvarel, moybo’yoq, palitra   

S). Illyustratsiya, zastavka, titul.      D) Relyef, haykal, byust

5. Suvbo’yoq texnologiyasi haqida to’g’ri fikr yuritilgan qatorni toping.

A)   Suvbo’yoqni suvda eritish mumkin.

B)  Suvbo’yoqni hech qanday eritma yordamida eritib bolmaydi

S)  Suvbo’yoq rangtasvirda ishlatilmaydi.

D) Suvbo’yoqni maxsus eritmalar yordamida eritish mumkin.

2-TEST

1. «PodmaIyovka» so’zining ma'nosini toping.

     A)  Dastlabki bo’yoq berish     B)  Shtrix berish        S) Bo’yash   D) Yasash

2. «Peyzaj» so’zining ma'nosini toping.

     A)  Qoralama   .    B)  Ranglama            S) «Joy», «Makon»    D) Jonsiz tabiat

3. Yoruglik nurlarining atrofdagi jismlarga, predmetlarga va hokazolarga urilib qaytishida hosil bo’lgan bir natija.

    A)  Panno        B)  Rang       S) Model      D) Blik

4. To’qish, tuzish, bir-biriga ma'Ium tartibda joylashtirish, solishtirish va birlashtirishni anglatadigan so’zni toping.

     A)  Kompanovka      B)  Kompozitsiya       S) Qoralama   D) Peyzaj

5. Tasviriy san'at turlari qaysi qatorda to’g’ri yozilgan?

     A)  Tasviriy san'at, dekorativ-amaliy san'at, me'morchilik      S)   Peyzaj, natyurmort,  portret

    B)  Haykaltaroshlik, rangtasvir, me'morchilik      D) Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik

3-TEST

1.  Narsalarning bir-biriga nisbatan uzoq-yaqinligiga qarab rang-tussiz, tarhining tiniq yoki xira bo’lib ko’rinishi.

    A)  Fazoviy perspektiva      B)  Chiziqli perspektiva         S) Manzara   D) Interyer

2. Manzara janrida ijod qilgan rus rassomi

   A)  P.Benkov      B)  N.Qo’ziboyev     S) I. Levitan    D) K. BryulloV

3. Qarab turgan odamga nisbatan tomonlari kichrayib ko’rinayotgan predmetni fazoviy holatini chiziqlarda perspektiva qonun qoidalariga asoslanib tasvirlash.

    A)  Fazoviy perspektiva   B)  Chiziqli perspektiva       S) Peyzaj      D) Interyer

4.  Rangli tasvirlar hamda rasm ishlash sohasida qo’llaniladigan moslamani toping.

    A)  Molbert      B)  Panno       S) Xolst     D) Dastgoh

5.  Ozbekiston xalq rassomi Orol Tansiqboyev nechanchi yillarda yashab ijod etgan?

   A)  1910-1970- yillarda     B)  1900-1960- yillarda        S)  19905-1980-yillarda  D) 1904-1974 -yillarda

Baholash: O’quvchilar va qatorlar faoliyati aniqlanib, ballar qo’yiladi.

Uyga vazifa: Tugallanmagan sinf ishlarini davom ettirib tugallash. Mavzuni o’qish, savollarga javob yozish. Mavzuga oid rassomlar ishlaridan namunalar to’plash.

Kelgusi darsga 1-NI ga tayyorlanib kelish. Mavzu: Quyoshning botish chog’idagi manzarani tasvirlash.

                                                      Foydalanilgan adabiyotlar:

1.     Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent-2010.

2.     Tasviriy san’at. 5 – sinf uchun darslik. Toshkent, “O’zbekiston”, 2015. Kuziyev Tursunali va boshq.

3.     Rahim Xasanov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent – 2006.

4.     Rahim Xasanov.Tasviriy san’at asoslari. Toshkent – 2009.

5.     Ta'limda innovatsion texnologiyalar

6.     Tasviriy san’at va chizmachilik. Soliyeva R. Uslubiy qo’llanma. Toshkent 2010.

RTM “Tasviriy san’at va chizmachilik” ilmiy-metodik kengashi (24.09.2010y. b.№4).

7.     Internet resurslari: XTV ligining tasviriy san’at fanidan multimediya elektron ta’lim resursi, ziyonet.uz  

 

35-DIM tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Saliyeva Raximaxon

 

 

 

 







Bosqichlar

                          Mazmuni

Metodlar

Vaqti

1.Tashkiliy qism

a) salomlashish,

b) davomatni aniqlash,

v) o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tеkshirish,

g) guruhlarga bo’lish.

d) ma’naviy daqiqa o’tkazish

Og’zaki muloqot

 

5

2.O’tilgan darsni mustahkamlash

O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.

 

- Klaster metodi

- O’quvchilar ishlari tahlili

 

5

3.Mavzu bayoni

Rassomlar asarlari tahlili. “Taqdimot”. Amaliy ish.

 

- “Aqliy hujum”;

- :Savol-javob”;

- “Taqdimot”;

- ”Musobaqa”

- Amaliy ish.

 

20

 

 

 

4. Mustahkamlash

 

 

 

 

Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar egallagan nazariy bilimlari mustahkamlanadi, bajargan ishlari sifati aniqlanadi.

 

 O’quvchilar bajargan ishlarini namoyish qilib, tahlil qilishadi. Test usuli qo’llaniladi

 

8

5. Baholash

Rag’bat kartochkalar sanaladi

O’quvchilar rag’batlantiriladi

4

6. Uyga vazifa berish

Uyga berilgan topshiriq qisqa va aniq qilib tushuntiriladi. Tugallanmagan sinf ishlarini davom ettirib tugallash, mavzuni o’qish, savollarga javob yozish, mavzuga oid rassomlar ishlaridan namunalar to’plash. Kelgusi darsga 1-NI ga tayyorlanib kelish. Mavzu: “Quyoshning botish chog’idagi manzarani”  tasvirlash.

Mustaqil ish

 

3