
Shahar miqyosida o`tkazlgan ochiq dars
2018-yil 27-sentabr. 7-sinf. Tasviriy san’at.
Mavzu: Impressionistik rangtasvir. Impressionistik rangtasvir asarlarni badiiy idrok etish.
Darsning maqsadi
|
Ta’limiy maqsad: FK1. Tasviriy san’at turlarini farqlash, tahlil qila olish, ranglama ishlay olish, O‘zbekiston hamda jahon tasviriy
san’at asarlarini tahlil qila olishga o’rgatish. FK2. O‘zbekiston hamda jahon tasviriy
san’at asarlarini bilish,
tahlil qila olish va undan ta’sirlana
olish, tasviriy san’atning
janrlari, oqim va yo‘nalishlarini farqlay olish, naturaning asosiy qismi va mayda
bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligini farqlay olishga o’rgatish.. Tarbiyaviy maqsad: TK1.
Hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh
a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish; muloqotda
o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish. Rivojlantiruvchi maqsad: TK2. Axborot
manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio
audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish; TK3. O‘zining
qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish; TK5. San’at
asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
|
|
Vazifalari |
O’quvchilarga impressionizm va puantilizm uslubida ishlangan rassomlar
asarlarini tahlil qilishga va amaliy faoliyatida qo’llashga; naturaning
xarakterli jihatlarini ko’ra olishga, tahlil qilishga va tasvir ishlah
bosqichlarini ketma-ketlikda to’g’ri bajara olishga o’rgatish. |
|
O’quv jarayonining mazmuni |
Puantilizm uslubi bilan
o’quvchilarni tanishtirish va amalda puantilizm uslubida manzara ishlashga
o’rgatish. |
|
O’quv
jarayoni-ni amalga oshirish tеxnologi-yasi
|
Uslub: Musobaqa usulida ishlash va amaliy ish
bajarish. Shakl: Suhbat, amaliy mashqulot, guruhlar
bilan ishlash. Vosita: Kompyuter, slaydlar, mavzuga oid
fotolar, rassomlar asarlari reproduksiyalari Usul: Tasvirlash. Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, test,
aqliy hujum, klaster metodi va kuzatish. Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida
baholash. |
|
Kutilayotgan
natijalar |
O’qituvchi:
Mavzuni chuqur o’rgatish
hamda rangtasvir usulda
ishlash malakalarini oshirishga erishish. O’quvchilar faolligini oshirgan holda vaqtdan unumli foydalanishga o’rgatish. O’quvchilarning me’moriy elementlar ishlash qonuniyatlari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, ulardan kundalik hayotida foydalanishga
o’rgatish. |
O’quvchi: Puantilizm
uslubida manzara ishlashni mustaqil bajara olish.
|
Kelgusi rejalar tahlili, o’zgarishlar
|
O’qituvchi: Zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni o’zlashtiradi. O’z ustida ishlaydi, pedagogik malakasi
mahorati oshadi. Mavzuni kundalik turmush tarzi va ijtimoiy hayot bilan
bog’laydi va solishtiradi. |
O’quvchi:
Mavzu bo’yicha mustaqil amaliy ishlashni o’rganadi. Kundalik faoliyatda
qo’llay oladi. Rangtasvir san’atning umumiy va farqlanuvchi jihatlarini
biladi.
|
Dars sxemasi |
||
1 |
Tashkiliy qism.
Salomlashish. Davomatni
aniqlash O’quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish |
5 |
2 |
O’tilgan mavzuni mustahkamlash |
8 |
3 |
Yangi materialni
bayon etish, amaliy
mashg’ulot |
25 |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash. |
7 |
5 |
Uyga vazifa berish. |
2 |
Tashkiliy qism: Salomlashish, Davomatni aniqlash. Sinf
xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish. O’quvchilarni
guruhlarga bo’lish. “Aqliy hujum”. Ma’naviy
daqiqa (slayd, roliklar orqali kun
yangiliklari, Vatanga muhabbat yoritiladi. TK1.)
O`tilgan mavzu: “Tasviriy
san`atdagi oqim va yo`nalishlarda tur va janrlar” mavzusi bo’yicha
o’quvchilarga “Bliss so’rovi” qo’llaniladi. Mustaqil ravishda bajarib kelingan
manzaralar tahlil qilinadi. O`quvchilar va qatorlar faoliyatiga rag’bat
kartochkalar berib boriladi.
O’tilgan dars mavzu umumlashtiriladi
(slaydlar
orqali)
Impressionizm XIX asrning
70-yillarida paydo bo’lgan, asoschisi fransuz rassomi K.Mone bo’lib, uning ko’rgazmaga
qo’yilgan “Quyosh chiqayotganidagi taassurot” asari sabab bo’lgan. Impression
so’zi fransuzcha taassurot degani. Kamill Pisarro, Anri Sisley, Ogyust
Renuarlar ham ushbu san’atning ajoyib namunalarini yaratdilar. Fransiyada paydo
bo’lgan bu oqim tezda Yevropa, Amerika, Osiyo san’atiga ta’sir qildi. Jumladan
, rangtasvir san’ati rivojida o’z ifodasini topdi. Ozbekistonlik rassomlar Lev
Bure, Oganes Tatevosyan, Pavel Benkov, O’rol Tansiqboevning ilk ijodida,
masalan, “Karvon”, “Kurash” asarlarida, Anvar Mirsoatov, Abdumannon Yunusov kompozitsiyalarida
ana shu ta’sir seziladi.
Yangi mavzu bayoni.
Klassik manzara ishlash uslubi asoschisi italiyalik rassom Annibal Karrachi. Italiyaning Bolone shahrida yashab ijod qilgan. Tasviriy san’at asoslarini o’rgatishning o’ziga xos maktabini yaratgan. Bu maktab aka-uka Karrachilarning badiiy ta’lim maktabi deb ataladi. Annibal Karrachi birinchi bo’lib manzara ishlashni planlarga, ya’ni birinchi, ikkinchi, o’rta qator va uchinchi, orqa qatorga ajratgan. Rassom birinchi qatorni to’q issiq rangda, ikkinchi qatorni o’rtacha iliq rangda, orqa, uchinchi qatorni sovuq rangda ishlab, asarlariga fazoviy kenglik kiritgan.Shuning uchun manzaraning rang tuzilishi shartli uchga ajratiladi. Birinchi qatordagi daraxt, shox-shabba va yo’l issiq yashil jigarrangda, o’rtadagi maydon sovuq ko’kimtir yashil rang gammasida va nihoyat orqa qatordagi havo va daraxtlar sovuq ko’k rangda ishlanadi. Ranglarning shunday berilishi manzaraga fazoviy kenglik tuyg’usini kiritadi.
Puantilizm – XIX asr oxirida
Fransiyada yuzaga kelgan oqim. Unda rassomlar toza ranglarni dog’lar shaklida
surtib kartina yaratganlar. Asoschilari Jorj Syora, Pol Sinyak bo’lib, sof,
toza spektr ranglar surtmalarini yonma-yon qo’yib rasm ishladilar. Ularning
ishlatgan rang surtmalari to’rtburchak va dumaloq nuqtalarga o’xshaganligi
uchun ular yaratgan ishlarni puantilistik rasmlar , ya’ni nuqtali, nuqtalardan
foydalanib ishlangan rasmlar, ish uslublarini puantilistik (puant – fransuzcha
so’z bo’lib, nuqta ma’nosini beradi) uslub deb nomladilar. Mavzuga oid
ko’rgazmali materiallar tahlil qilinadi (Pavel Benkovning ”Meshkopchilar”
asari) . Unda rang surtmalari va ulardan hosil bo’lgan ranglar gammasi
yaqqol ko’rinib turadi. So’ngra Pespublika rassomlik kolleji o’quvchisi tomonidan
ishlangan ishi tahlil qilinadi. Puantilizm uslubida manzara ishlash bosqichlari
yana bir bor tushuntiriladi.
O’quvchilarning mustaqil
ishlari: O’quvchilar
mustaqil ravishda puantilizm uslubida “Kuz” manzarasini ishlay boshlaydilar.
Ularning ishlari kuzatilib turiladi.O’quvchilarga individual tarzda yordam
ko’rsatilib turiladi.
Mustahkamlash:
Har bir qatordan 1nafardan namunali bajargan 3 nafar o’quvchilar ishlagan
rasmlarini tahlil qilib izohlab beradilar.
Baholash: Barcha
o`quvchilar ishlari tahlil qilinadi. Kamchiliklari aytiladi va ballar qo`yiladi.
Uyga vazifa: Sinf ishini tugallash. Boshqa variantni
ishlash (iqtidorli o`quvchilar uchun). Rassomlar ishlaridan namunalar yig`ish.
35-DIM o’qituvchisi Saliyeva Rahimaxon
Жорж-Пьер Сёра́ — французский
художник-постимпрессионист, основатель неоимпрессионизма, создатель
оригинального метода живописи под названием «дивизионизм», или «пуантилизм».Википедия
Родился: 2
декабря 1859 г., Париж, Франция
Умер: 29
марта 1891 г., Париж, Франция
В экспозиции: Нью-Йоркский музей современного искусства, ЕЩЁ
Периоды: Пуантилизм, Постимпрессионизм, Импрессионизм, ЕЩЁ
Место захоронения: Пер-Лашез, Париж, Франция
Образование: Национальная высшая школа изящных искусств
Поль Синьяк
Художник
Поль Синьяк — французский
художник-неоимпрессионист, представитель направления пуантилизма. Википедия
Родился: 11
ноября 1863 г., Париж, Франция
Умер: 15
августа 1935 г., Париж, Франция
Произведения искусства: Antibes, Les Andelys, ЕЩЁ
Периоды: Неоимпрессионизм, ЕЩЁ
Родители: Jules Signac, Heloise Signac
Влияние: Анри Матисс, Ван де Велде, Анри, Arie Smit