img

Fan oyligi-2018

  1. 05.06.2018 01:03
  2. 3990
  3. Fan oyligi

      Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat

ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining 

“Aprel oyi -  tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya va musiqa fanlari  oyligi”da 

tasviriy san’at va chizmachilik fani bo’yicha olib borilgan ishlar

H   I   S   O   B   O   T   I

        Aprel oyi fan oyligi rejasi  asosida maktabimizda tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya va musiqa fanlaridan o’tkazilgan har bir tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Fan oyligi burchagi tashkil qilindi.

       Maktabda  2 nafar 1 toifali tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari Saliyeva R. va  Maqsudova M. lar faoliyat ko’rsatadi. 

       1 ta tasviriy san’at xonasi DTS talabi darajasida jihozlangan.

      Fan oyligi davomida har bir dars ochiq dars tarzida tashkil qilindi va o’tkazildi. Tadbirlar, ko’rik-tanlovlar ham namunali o’tkazildi. Kirish-chiqish testlari olindi.  

          Saliyeva Raximaxon maktabda:

- Sohibqiron Amir Temur portretini chizish hamda devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik-tanlovlarini;

- O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf portretini chizish hamda devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik-tanlovlarini;

- 8-sinf iqtidorli o’quvchilari o’rtasida chizmachilik fanidan ichki fan olimpiadasini; 

- 2018-yil 26-aprel kuni fan oyligi munosabati bilan hamda metodist o’qituvchi sifatida shahar tasviriy san’at  va chizmachilik fani o’qituvchilariga navbatdagi 

o’quv mashg’ulotini va 6-“B” sinfda 1soatlik ochiq dars jarayonini o’tkazdi. 

    8-“A” sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy 2018-yil 25-aprel kuni “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni” munosabati bilan viloyat miqyosida o’tkazilgan portret chizish  ko’rik-tanlovida faol ishtirok etdi va bu ko’rik-tanlov ishtirokchisi sifatida ATV sining “Diyor yangiliklari”ga intervyu berdi. 

    2018-yil 5-aprel kungi    “Fan oyligi ochilishi jarayoni”,  2018-yil 26-aprel kungi ochiq dars jarayonidan fotolavhalar  maktabimiz telegramiga va telegrammdagi “Ta’lim” saytiga joylashtirildi. 

          Fan oyligi yakunida ko’rik-tanlovlarda g’olib bo’lgan o’quvchilar maktab ma’muriyatining faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan rag’batlantirildilar.